Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nitstsadagi hujum guvohlari: Bu to'liq xaos bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157           Дата: 15-07-2016, 11:31          
Nitstsadagi hujum guvohlari: Bu to'liq xaos bo'ldi

Nitstsada 14 iyulda kechki vaqt yuz bergan hujum guvohlaridan biri Enn Morrou Ingliz sohilbo'yisida yuz bergan voqealar haqida gapirib berdi. U Frantsiyaga Bastiliyaning olinishi kunini nishonlagani kelgan edi.

"Biz salyutdan keyin sohilbo'yidan qaytayotgan edik. Bilasizmi, ko'pchilik bu erga Bastiliyaning olinishi kunini nishonlagani kelgan edilar. Va shunda birdan ko'chada sarosima boshlandi, odamlar yugurardilar. Olomon ichida men amakim va xolamni yo'qotib qo'ydim. Men ularni izlashga tushdim. Va biz umuman nima yuz berayotganini tushunmasdik. Bu to'liq xaos bo'ldi. Odamlar baqirardilar, bolalar yig'lardilar, politsiyachilar megafondan gapirardilar. Men ozgincha frantsuzchani bilaman, biroq ular nima deyayotganini tushunsa bo'lardi: "suitsid". Men shu onda "Tangrim, nimalar bo'lmoqda!" deb o'ylardim. Bu aqlsizlik. Biz oilamiz bilan voqea boshlangandan 20 daqiqa oldin Negresko mehmonzonasi oldida edik. Bunday mudhish voqea shunday quvonchli kun yuz bergani ayanchlidir. Bu dahshat", deb eslamoqda voqeani Morrou.

Frantsiyada dam olayotgan Eduard Kostyukov shunday osoyishta kurort shaharchasida bunday fojia yuz berishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi. Voqea yuz berganda u yaqin atrofda bo'lgan.

"Biz kafedan qaytayotib, ortimizga qaraganimizda chinqiriq bilan yugurayotgan katta olomonni ko'rdik. Va shu onda miyangga keladigan birinchi o'y – bu erdan iloji boricha tezroq qochish kerak degan o'y bo'ladi. Hattoki qo'rqishga ham ulgurmaysan. Yaxshiyamki, mehmonxonamiz voqea joyidan uncha uzoq bo'lmagan joyda edi va biz unga etib oldik. Biroq sarosima bizni tark etmasdi. Foyeda odam ko'p edi. Bular kim edi – mehmonxonada yashayotganlarmi yoki ko'rinmas xavfdan bino ichiga yashiringanlarmi, bilmasdim. Bir qiz yig'lardi. Avval biz nima yuz berayotganini anglay olmadik. Biz buni Parijda kimdir petarda otib, hamma portlash deb o'ylagani kabi ahmoqona hazil qilindi, deb o'yladik. Biroq keyin televizor orqali bu dahshatli yangiliklarni ko'rdik", deb aytmoqda Kostyukov.

"Hozir bu voqealarni eslaganimda, o'sha voqea vaqtida menga qandaydir lahzada kimdir orqamizdan otishni boshlaydigan tuyulgandi. Chunki haqiqatan ham qandaydir paqildoq ovozlar eshitilgandi", deb o'z so'zlarini yakunladi Kostyukov.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, hujum oqibatida 80 kishi halok bo'lgan, 120 kishi jarohat olgan. Qurbonlar orasida bir rossiyalik bo'lgan, yana biri jarohat olgan. Sayyohlik guruhidagi yana uch nafar rossiyalikning qaerda ekanligi noma'lumligicha qolmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031