Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog'istonlik sayyohlar Nitstsadagi teraktda jabrlanmagani ma'lum qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 15-07-2016, 11:30          
Qozog'istonlik sayyohlar Nitstsadagi teraktda jabrlanmagani ma'lum qilindi

Nitstsada terakt amalga oshirilgan vaqtda hududda 4 nafar qozog'istonlik sayyoh ham bo'lgan, ularga shikast etmagan. Bu haqda Qozog'iston TIV vakili Anuar Jaynakov ma'lum qildi.

"Kechasi TIVga Qozog'iston fuqarosi murojaat qilib, o'zining Nitstsa shahridagi Ingliz qirg'og'iga yaqinda joylashgan mehmonxonada ekani, yonida yana 3 nafar qirg'izistonlik borligi haqida ma'lum qildi. Ular oyna orqali ko'chada odamlarning jasadlarini ko'rib, o'z hayotlaridan xavfsirashganini aytib, yordam so'rashgan. O'z navbatida ularga diplomatlarimiz maslahatlar berishdi. Ularga xavfsizlik choralariga rioya etish tavsiya qilindi. Ular hozirda xavfsiz sharoitda. Ularning hech biriga shikast etmagan", deya Jaynakovning so'zlarini keltiradi "Novosti-Kazaxstan".

Jaynakov gap juftlik va ularning 2 farzandi haqida ketayotganiga aniqlik kiritgan.

Qozog'iston TIV Nitstsa terakti qurbonlari va jabrlanuvchilari orasida qozog'istonliklar yo'qligini ta'kidlagan.

14 iyul kuni kechqurun Nitstsadagi Ingliz qirg'og'ida mudhish hujum amalga oshirildi. U erda o'sha vaqtda Frantsiya Milliy bayrami sharafiga otilgan mushaklarni tomosha qilayotgan minglab kishilar bo'lgan. Odamlar ustiga yuk mashinasi bor tezligi bilan bostirib kirgan. Mashina 2 km masofa bo'ylab odamlarni bosib o'tgan. Shuningdek, ruldagi haydovchi chor atrofga o'q uzgan. Politsiyachilar uni otib o'ldirishgan.

Mamlakat prezidenti Fransua Olland bu hodisani terakt sifatida baholadi.

Frantsiya ichki ishlar vazirligi bergan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bu terakt natijasida 84 kishi halok bo'ldi, jabrlanganlarning 18 nafari og'ir ahvolda.

Bundan oldinroq, Rossiyaning Marseldagi Bosh konsulxonasi bir nafar rossiyalik halok bo'lgani haqida ma'lum qilgan edi. Yana bir Rossiya fuqarosi jarohat olgan, bir necha kishi qidirilmoqda.

O'zbekiston TIV hozircha bu terakt haqida ma'lumot bermadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн