Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 285           Дата: 15-07-2016, 11:30          

Frantsiyaning Nitstsa shahrida Bastiliyaning olinishi kuni sharafiga uyushtirilgan salyutdan keyin yuk mashinasi ko'chadagi odamlarni bosib keta boshlagan, so'ngra undagi odamlar otishma sodir etgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu hujum oqibatida halok bo'lganlar soni kamida 80 kishini, jarohatlanganlar esa 120 dan ko'proqni tashkil qilmoqda. Bu haqda BFM TV telekanali xabar berdi.

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Le Figaro nashriga ko'ra, 16 kishining ahvoli o'ta og'ir, yana 31 kishiniki og'ir, biroq barqaror deya baholanmoqda.

Voqea 14 iyun mahalliy vaqt bilan soat 22:30da shaharning bosh sayilgohi – O'rta Er dengizi bo'ylab ketuvchi Ingliz sohilbo'yisida yuz berdi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, yuk mashinasi bu erga bayram munosabati va salyutni tomosha qilish uchun to'plangan odamlarni zigzag tarzida yurib, 2 kilometrgacha masofada ataylab bosib ketgan, so'ngra undagi jinoyatchilar odamlarga karata o'q uzgan. Shundan keyin politsiya bilan otishma boshlangan. Biroq bu xabar hozircha tasdiqlanmagan.

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Yuk mashinasi haydovchisi politsiyachilar tomonidan otib o'ldirilgan. Uning sheriklari bo'lgan-bo'lmagani noma'lumligicha qolmoqda.

Sohilbo'yida sarosima boshlangan. Shahar meriyasi hujumni terakt deb atadi va odamlarni ko'chaga chiqmaslikka chaqirdi.

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

France 2 telekanalining ma'lum qilishicha, jarohatlangan odamlar sohilbo'yidagi Negresco mehmonxonasiga olib kirilgan, bu er o'ziga xos shifoxonaga aylantirilgan va odamlarga zarur birinchi yordam ko'rsatilgan.

May oyida Frantsiya ichki razvedkasi direktori Patrik Kalvar mamlakatda Evro-2016 musobaqasi davomida teraktlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Frantsiyaning Nitstsa shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 80 kishi halok bo'ldi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031