Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hind firmasi Trampga 6 ming quti "ongni tozalovchi" ko'k choy bilan videomurojaat yo'lladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111           Дата: 14-07-2016, 21:17          
Hind firmasi Trampga 6 ming quti "ongni tozalovchi" ko'k choy bilan videomurojaat yo'lladi

Hind firmasi AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga 6 ming quti assam ko'k choyini sovg'a tariqasida yo'lladi. Bu haqida India TV telekanali ma'lum qildi.

Hindistondagi etakchi "Te-A-Me" choy qadoqlash kompaniyasining boshqaruv direktori Sumit Shax Trampga videomurojaat yozib, unda "yaxshi tomonga o'zgarish uchun ong va organizmini tozalashda choydan foydalanishni" tavsiya qiladi.

"Hurmatli, janob Tramp, sizga Hindistondan salom! Biz sizga bir olam tabiiy ko'k choy yuboryapmiz. U ziyon etkazuvchi erkin radikallarga qarshi kurashadi. Bu ong va tanani tozalashga, shuningdek organizmda sog'lom muvozanatni tiklashga yordam beradi. Boz ustiga bu choy aql salohiyatini oshirish uchun sinalgan vositadir. Iltimos, uni o'zingiz, Amerika va butun dunyo uchun iching! Tozalanishning kechi bo'lmaydi".

Sumit Shax jurnalistlarga qimmatli sovg'aning bahosini aytishdan bosh tortdi, lekin choyning "sog'liq uchun samarasi juda katta" ekanligini aytdi, ayniqsa, uni kuniga 3 piyola ichsa. "Bizning fikrimizcha, ushbu ajoyib va foydali ichimlikni iste'mol qilish insonni yaxshi tomonga o'zgartiradi. U janob Trampga o'z mamlakati va butun dunyoga foyda keltirishga yordam beradi", - dedi u.

Assam shimoli-sharqiy shtati Hindistonning eng asosiy choy etishtiruvchi hududlaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosan qora choy navlari etishtiriladi. Ko'k choy Assamda kamroq tarqalgan bo'lsa-da, qimmat baholanadi, chunki unga yosh va nafis barglar talab qilinadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн