Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

NATOning sobiq bosh qo'mondoni AQSh vitse-prezidenti bo'lishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 13-07-2016, 11:26          
NATOning sobiq bosh qo'mondoni AQSh vitse-prezidenti bo'lishi mumkin

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Xillari Klinton vitse-prezident va saylovlar bo'yicha hamkor sifatida NATOning Evropadagi sobiq bosh qo'mondoni - admiral Jeyms Stavridis nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.

Stavridis 61 yoshda, u hozirda Massachusetts shtatidagi Tafts universiteti qoshidagi Fletcher diplomatiya va huquq maktabining dekani sifatida faoliyat olib bormoqda. U 2009-2013 yillarda NATO bosh qo'mondoni vazifasini bajargan, Xillari Klinton esa o'sha paytlar AQSh bosh kotibi bo'lgan.

Demokratik partiyadan AQSh vitse-prezidentligiga nomzod 25-28 iyul kunlari Filadelfiyada bo'lib o'tadigan partiya s'ezdidan oldin e'lon qilinishi kutilmoqda.

Asli floridalik bo'lgan Stavridis 1976 yildan harbiy dengiz flotida turli lavozimlarda xizmat qilgan, 2002-2004 yillarda Fors ko'rfazidagi "Iroq ozodligi" operatsiyasida aviaguruhga boshchilik qilgan. U "aql kuchi"ni qo'llash, shuningdek xavfsizlik sohasida xalqaro va xususiy-davlat hamkorligi tarafdori ekanligi bilan nom qozongan.

AQShning yangi prezidenti nomi 8 noyabrdagi saylovlardan keyin ma'lum bo'ladi. Ijtimoiy so'rovnoma natijalariga ko'ra, Klinton o'zining asosiy raqibi respublikachi Donald Trampni ortda qoldirmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн