Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Okean to'lqinlaridan elektr energiya olinmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92           Дата: 12-07-2016, 21:56          
Okean to'lqinlaridan elektr energiya olinmoqda

Evrokomissiya va Evropa Investitsiya banki (EIB) Portugaliyada okean to'lqinlaridan elektr energiyasi olish maqsadlari yo'lida 10 million evro ajratadigan bo'ldi. Bu borada Evrokomissiya rasman bayonot tarqatgan.

Mablag'lar bu sohada anchadan beri faoliyat yuritib keladigan Finlyandiyaning AW-Energy kompaniyasiga beriladi. Aynan mana shu kompaniya to'lqinlarda energiya yaratish texnologiyalariga ega.

Bu kabi texnologiyalardan foydali ishlarda, ya'ni sho'r suvlarni chuchuklashtirish, suvlarni rezervuarlarga yuborish maqsadlarida foydalanish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, hozircha to'lqinlar quyosh energiyasi darajasida energiya bera olmaydi. Biroq boshqa muqobil energiyalarga qaraganda ko'proq energiya bera oladi. Masalan shamolga nisbatan to'lqin kuchli ekani aytiladi. Hozircha to'lqinlardan elektroenergiya yaratish keng ommalashmagan. Bugungi kunda faqat eksperimental tadqiqotlar o'tkazilmoqda, xolos. To'lqinlar energiyasidan kemalar harakati maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Okean sohillarida joylashgan mamlakatlar, jumladan Buyuk Britaniya va Irlandiya foydalanadigan umumiy elektr energiyasining 5 foizi to'lqinlardan olishi mumkinligi o'rganilmoqda. Buyuk Britaniyada Oyster deb nomlangan generator mavjud. To'lqindan elektr olish imkoniyatlari shuningdek, Shimoliy, Janubiy Amerika, Avstraliya, Janubiy Afrika va Yangi Zelandiyada yuqori hisoblanadi.

Jahondagi birinchi to'lqin elektrostantsiyasi Portugaliyaning Agusadora tumanida okeandan 5 kilometr uzoqlikda qurilgandi. U rasman 2008 yilning 23 sentyabrida ish boshlagan. Mazkur elektrostantsiyaning quvvati 2,25 MVt bo'lib 1 ming 600ta xonadonni elektroenergiya bilan ta'minlashga qodir. Aslida bu elektrostantsiya 2006 yilda ishga tushirilishi kerak edi. Ammo bir qator murakkabliklar tufayli foydalanish ikki yilga kechikib ketdi.

Elektrostantsiya Shotlandiyaning Pelamis Wave Power kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bu kompaniya 2005 yilda Portugaliyaning Enersis energetika kompaniyasi bilan to'lqin elektrostantsiyasini qurish borasida shartnoma imzoladi. Shartnoma narxi 8 million evroga teng bo'lib, elektrostantsiya suzib yuruvchi uchta qurilmadan iborat.

AQSh va Evropa Ittifoqi bu sohani rivojlantirisha yuz millionlab evro ajratmoqda. Germaniyada bu turdagi elektrostantsiya qurish uchun ruxsat dengiz va gidrografik Federal agentligidan olinadi.

Tahlilchilarning fikricha, to'lqin elektrostantsiyasi portlarni muhofaza qiluvchi, to'lqin qaytaruvchi vazifalarni ham bajaradi.

Bugungi kungacha okean to'lqinlari vayronagarchilik keltirardi. Endi esa ulardan maqsadli foydalanish ko'zda tutilmoqda.

Mutaxassislar doimiy suratda to'lqin elektrostantsiyasi konstruktsiyalarini takomillashtirish ustida bosh qotirib keladi. Avstraliyaning Energetech kompaniyasi tomonidan Sidneydan 240 kilometr janubda quriladigan elektrostantsiya 11 qavatli turar-joy binosi balandligicha bo'lib, noyobliligi bilan ajralib turadi.

Mutaxassislar to'lqin elektrostantsiyasi kelajagiga katta umid bilan qarashmoqda. Buyuk Britaniyaning Kornuoll yarim oroli sayyohlarning sevimli maskani hisoblanadi. Endilikda bu er yanada mashhur bo'ladi. Chunki, yarimoroldan 15 kilometr uzoqlikda to'lqin elektrostantsiyasi qurilmoqda. Buning uchun hukumat tomonidan 21,5 milliard funt sterling ajratildi. Elektr energiya kabellar orqali quruqlikka etkaziladi. Yaqin-yaqingacha muqobil energiya deyilganda shamol va quyosh energiyasi tushinilar edi. Okean energiyasidan deyarli foydalanilmasdi. Endi vaqt o'zgarmoqda. Jahonda okeanlardan ekologik xavfsiz bo'lgan energiya yaratish tarafdorlari ko'payib bormoqda. Qarorgohi Kanadada joylashgan Finavera energetika firmasi rahbari Jeyson Bakning aytishicha, okeandan energiya olish fursati etib keldi. U o'z so'zida korxonasi mijozlarga toza energiya etkazib berish imkoniyatlariga ega ekanini eslatib o'tdi.

Okean to'lqinlari shamol va quyosh singari insoniyatning energetikaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga shubha yo'q.

Sharofiddin To'laganov tarjima qildi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031