Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyaning Tu-22M3 samolyotlari Suriyada jangarilar ob'ektlariga zarbalar berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 12-07-2016, 21:03          
Rossiyaning Tu-22M3 samolyotlari Suriyada jangarilar ob'ektlariga zarbalar berdi

Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari 12 iyul ertalabki payt Palmiradan sharqroqda jangarilar ob'ektlariga oskolka-fugasli bombalar bilan zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

Rossiyadagi bazalardan havoga ko'tarilgan 6 ta samolyot IShID jangarilarining Palmiradan sharqroqdagi, As-Suhna va Araqdagi pozitsiyalarini bombardimon qilgan.

"Zarba oqibatida jangarilarning yirik dala lageri, uchta o'q-dori va qurol-aslaha ombori, uchta tank, 4 ta piyoda askarlar harbiy mashinasi, yirik kalibrli pulemyotlar bilan jihozlangan 8 ta avtomobili hamda dushmanning katta sondagi tirik kuchi yo'q qilindi", deb aytildi vazirlikda.

Mudofaa vazirligida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari hujum haqida oldindan ogohlantirilgani ta'kidlab o'tildi.

8 iyulda Xoms viloyatida jangarilar pozitsiyalariga hujum qilinayotgan vaqtda polkovnik Ryafagat Xabibullin va leytenant Evgeniy Dolgin boshqargan vertolyot urib tushirilgandi. Uchuvchilar halok bo'lgan.

Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy taxminiga ko'ra, Suriyaga tegishli Mi-25 vertolyoti urib tushirilgan. Rossiyalik harbiylar unda tekshiruv parvozini amalga oshirayotgan bo'lganlar. Vertolyot tanklarga qarshi TOW majmuasi raketasi bilan urib tushirilgan. Biroq ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, urib tushirilgan vertolyot Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Mi-35M vertolyoti bo'lgan. Ba'zi harbiy mutaxassislar ham shu taxminni aytishgan hamda vertolyotga qarshi TOW majmuasi qo'llanganiga shubha bildirishgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031