Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tereza Mey Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo'ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 12-07-2016, 01:14          
Tereza Mey Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo'ladi

Buyuk Britaniya Energetika vaziri o'rinbosari Andrea Ledsom bugun mamlakat bosh vazirligi uchun saylovda o'z nomzodini qaytarib olganidan so'ng Ichki ishlar vaziri Tereza Mey yagona nomzod bo'lib qoldi.

Saylovlarning birinchi bosqichi 5 iyul kuni bo'lib o'tdi. Keyingi ovoz berish jarayoni 7 iyulda o'tkazildi.

12 iyulda esa nomzodlarning ikki nafari qolishi belgilangandi. Shundan keyin bu ikki nomzodning taqdiri deputatlar tomonidan emas, balki Konservativ partiyaning 150 minglik a'zosi ixtiyoriga topshirilishi kutilayotgandi. Ular o'z fikrlarini pochta orqali ham bildirishlari mumkin edi. “1922 yil Qo'mitasi” belgilab bergan rejaga ko'ra, partiya yangi rahbari va yangi bosh vazir nomi 9 sentyabrga qadar e'lon qilinishi kerak edi.

7 iyul kuni Buyuk Britaniya parlamentariylari orasida Konservativ partiya etakchisi va mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzod haqidagi masala bo'yicha ovoz berishning ikkinchi va so'nggi davrasi yakunlandi. Unda Tereza Mey, Andrea Ledsom va adliya vaziri Maykl Gouvdan iborat uch nomzoddan ikki ayol qolgandi. Mey 199ta, Ledsom 84ta, poygadan chiqib ketgan Gouv bor-yo'g'i 46ta ovoz to'plagandi.

Lekin Ledsom muddatidan oldin "taslim bo'ldi".

"Tereza Mey parlament fraktsiyasi a'zolarining (tori) 60 foizi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. U Brexit dan keyin britaniyaliklarga enn to'g'ri echimni ko'rsata olishi mumkin", degan o'z nomzodini qaytarib olgan Ledsom.

U shuningdek, o'zini qo'llaganlarga (84 deputat) minnatdorchilik bildirgan.

Jamoatchilik so'rovlari ham Meyning imkoniyatlari katta ekanini ko'rsatdi.

O'tgan shanba kuni Ledsom The Times nashriga bergan intervyusida o'zini nomunosib tutgandi. U Meyning befarzandligiga ishora qilib, o'zining 3 farzandi saylov poygasida ustunlik berishi haqida hazilomuz gap aytib o'tgandi. Keyinroq u omma oldida bu gapi uchun rasman uzr so'radi.

Xabarlarda Tereza Mey Buyuk Britaniya hukumatini yaqin soatlarda bo'lmasa, yaqin kunlarda boshqarishni boshlashi haqida aytilmoqda.

Tereza Mey – yaxshi notiq bo'lib, tez-tez terrorizmga qarshi kurash masalasida va noqonuniy muhojirlarga nisbatan keskin fikrlarni aytib turadi. U referendum arafasida bosh vazirni qo'llab-quvvatlab, aholini Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi tarkibida qolish uchun ovoz berishga chaqirgan edi. Shu sababli ham tahlilchilar aynan Mey saylovlarda g'alaba qoznishiga ishonmoqda. Chunki u hukumat va parlamentda katta tajriba to'plagani bois bosh vazirlikka munosib nomzod ekani ochiq aytiladi. Uni mamlakat tarixidagi birinchi ayol - bosh vazir, 1979 yildan 1990 yilgacha hukumatni boshqargan Margaret Tetcherga (1925-2013) qiyoslash boshlashdi.

Mey xonim nomzod sifatida so'zlagan birinchi nutqida bir qator muammolarga to'xtalib o'tdi. “Saylov kampaniyasi tugadi. Xalq Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi uchun ovoz berdi. Biz xalq irodasini ifoda qilishimiz kerak” dedi u.

U shuningdek, mamlakatning Evropa Ittifoqi saflaridan chiqish jarayonlarini sun'iy ravishda to'xtatishga va qaytadan referendum o'tkazilishiga qarshi ekanligini bildirdi. Tereza Meyning aytishicha, Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi saflarini tark etish jarayonlari bir necha yillar davom etadi. O'z so'zida Lissabon Shartnomasining 50-moddasi yil oxiriga qadar qo'llanilmasligini, buyuk britaniyaliklarning Evropa Ittifoqidagi, Evropa Ittifoqi mamlakatlari fuqorolarining Buyuk Britaniyadagi maqomi yaqin orada o'zgarmasligini ham eslatib o'tdi.

Lissabon Shartnomasining 50-moddasi Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqish borasida Buyuk Britaniyaning ariza berishini anglatadi. Ko'rinib turibdiki, yaqin yarim yil ichida London ariza berish niyatida emas. Ariza berilgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi kerak. Bundan avval Evropa rahbarlari Ittifoq saflaridan chiqish borasidagi ariza imkon qadar tezroq berilishi kerakligini aytishgandi. Meyning fikricha, referendum natijalari tufayli mamlakatda muddatdan ilgari saylovlar o'tkazilmaydi va favqulodda byudjet qabul qilinmaydi.

“Mening fikrimcha, 2020 yilga qadar umumiy saylovlar o'tkazilishi shart emas. Hukumat ishlashda davom etishi, o'z majburiyatlarini bajarishi kerak. Favqulodda byudjet ham shart emas”, degan Mey.

Tereza Mey mamlakatga kelayotgan muhojirlar sonini qisqartirish tarafdori ekanligini ham aytib o'tgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн