Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boeing: yangi samolyotlar savdosi 6 trln dollarga etishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 143           Дата: 11-07-2016, 21:12          
Boeing: yangi samolyotlar savdosi 6 trln dollarga etishi mumkin

Amerikaning Boeing aviasozlik korporatsiyasi, yangi samolyotlar bozori hajmiga oid o'z qarashlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, yaqin 20 yilda yangi havo laynerlariga bo'lgan talab dunyo bo'ylab 4,1foizga oshadi. Boeingning taxmin qilishicha, kelasi 20 yilda 39 620 dona turli rusumdagi samolyotlar ishlab chiqariladi. Ularning bozordagi umumiy qiymati 5,9 trln dollarni tashkil etadi. Aviakorporatsiya o'z bashoratlarini Farnboro aviako'rgazmasining birinchi kunida e'lon qildi.

Boeing Commercial Airplanes marketing bo'limi vitse-prezidenti Rendi Tinsetning so'zlariga ko'ra, hisobot davrida torsalonli samolyotlarga bo'lgan talab ortib, jami 28 140ta yangi havo laynerlari ishlab chiqariladi.

"Shubhasiz, Amerika kompaniyasining Boeing MAX 8 va MAX 200 havo laynerlari torfyuzelyajli samolyotlar bozorining negizini tashkil etadi. Hozirdanoq, ushbu turdagi havo kemalari bozorning 76 foizini qamrab olgani, shunday deyishga asos bo'ladi", - degan Rendi Tinset.

Kompaniyaning taxminicha, kengsalonli samolyotlar borasida talab 9 100tani tashkil etadi. Bu rusumli havo kemalariga eng yuqori talab 2021-2028 yillarda kuzatiladi. Ayni shu davrda mavjud samolyotlar almashtirila boshlanadi. Boeingga ko'ra, vaqti kelib juda yirik samolyotlar o'z o'rnini 787, 777 va 777X kabi o'rta va tor salonli samolyotlarga bo'shatib beradi.

Aviatsiyada yuk tashish hajmi esa yiliga 4,2 foizga ko'tariladi. Buning uchun 930 ta yangi va 1 440 dona o'zgartiriladigan yuk samolyotlari ishlab chiqarish lozim bo'ladi.

Mintaqalar bo'yicha Osiyo etakchilik qilib, 15130 ta samolyotga buyurtma beradi, Shimoliy Amerika 8330ta havo kemasi sotib olsa, 7570 dona laynerni Evropa xarid qiladi. MDH mamlakatlariga 1170ta samolyot etkazib berilishi taxmin qilinmoqda. Mintaqalar orasida eng kam xarid Afrika qit'asi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qit'a mamlakatlariga jami 1150 dona yangi havo layneri etkazb beriladi.


Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн