Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Andrea Ledsom Angliya bosh vazirligi uchun saylovdan o'z nomzodini qaytarib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47           Дата: 11-07-2016, 21:12          
Andrea Ledsom Angliya bosh vazirligi uchun saylovdan o'z nomzodini qaytarib oldi

Buyuk Britaniya energetika vaziri o'rinbosari Andrea Ledsom Konservativ partiya etakchisi va mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun saylovda ishtirok etmasligini ma'lum qildi. Bu esa mamlakat bosh vazirligi uchun saylovda yagona nomzod sifatida Ichki ishlar vaziri Tereza Mey qatnashishini anglatadi.

«Mamlakatimiz manfaatlari zudlik bilan kuchli etakchi saylanishini talab etadi. Men Tereza Meyga barcha yaxshiliklarni tilayman», — deya Ledsomning so'zlarini keltiradi The Telegraph.

Shu tariqa, Margaret Tetcher zamonidan buyon birinchi marta Buyuk Britaniya bosh vaziri ayol kishi bo'ladi.

7 iyul kuni Buyuk Britaniya parlamentariylari orasida Konservativ partiya etakchisi va mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzod haqidagi masala bo'yicha ovoz berishning ikkinchi va so'nggi davrasi yakunlandi. Unda Tereza Mey, Andrea Ledsom va adliya vaziri Maykl Gouvdan iborat uch nomzoddan ikki ayol qolgandi. Mey 199ta, Ledsom 84ta, poygadan chiqib ketgan Gouv bor-yo'g'i 46ta ovoz to'plagandi.

So'rovnomalar aholining katta qismi Tereza Meyni qo'llab-quvvatlayotganini ko'rsatdi.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, qirollik aholisi referendumda mamlakatning Evropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berganidan so'ng, iste'fo berishini ma'lum qilgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн