Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Janubiy Sudan markazidagi to'qnashuvlar tufayli 270dan ortiq kishi halok bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185           Дата: 10-07-2016, 21:53          
Janubiy Sudan markazidagi to'qnashuvlar tufayli 270dan ortiq kishi halok bo'ldi

Janubiy Sudan poytaxti Juba shahrida ro'y bergan to'qnashuvlar oqibatida halok bo'lganlar soni 272 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqida Reyter agentligi hukumatdagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Bundan avvalgi xabarlarda Janubiy Sudandagi hukumat kuchlari va muxoliflar o'rtasidagi to'qnashuvlar oqibatida 150 dan ortiq odam halok bo'lgani aytilgandi. Qurbonlar orasida tinch aholi vakili bo'lgan 33 kishi borligi aytilgandi.

Agentlik ma'lumotlariga qaraganda, 8 iyul kuni mamlakat prezidenti Salva Kiir va Mashar o'rtasida prezident qarorgohida bo'lib o'tayotgan muzokaralar davomida otishma yuzaga kelgan. Bundan tashqari, armiya kazarmalari joylashgan Gudel va Jebel tumanlarida to'qnashuvlar bo'lib o'tgan.

Janubiy Sudan 2011 yili Sudandan ajralib chiqqandi. 2013 yil dekabrida Salva Kiir qo'zg'olonchilarning sobiq etakchisi, o'zining o'rinbosari Riek Masharning lavozimidan bo'shatishi Janubiy Sudanda mojaro kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Ikki siyosatchi o'rtasidagi qarama-qarshilik tufayli ularning tarafdorlari, ikki xil millat vakillari o'rtasida to'qnashuvlar sodir bo'lishi tezlik bilan avj oldi. Buning natijasida 10 mingga yaqin kishi halok bo'ldi, 2,2 million aholi qochqinga aylandi.

2015 yilning avgustida tomonlar sulh tuzishgandi. Shu yilning yanvar oyidan boshlab ular milliy birlik o'tish hukumati tuzishga kelishib oldi. 26 aprel kuni Mashar vitse-prezident lavozimiga qayta o'tish uchun mamlakat poytaxti Juba shahrida qasamyod keltirdi.

28 aprel kuni prezident hukumatning yangi tarkibini e'lon qildi. Unga ko'ra, Kiirning partiyasi Mudofaa va Moliya vazirliklarini, Mashar tarafdorlari esa Ichki ishlar vazirligi va neft ishlarini boshqaradi. Qolgan muxolifatchilar Tashqi ishlar vazirligi va Qishloq xo'jaligi vazirliklarini boshqaradi. Yangi mahkama 24 iyun kuni qasamyod qilgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн