Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Barak Obama Ispaniyaga tashrifini boshladi 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 107           Дата: 10-07-2016, 11:50          
Barak Obama Ispaniyaga tashrifini boshladi 

AQSh prezidenti Barak Obama 9 iyul kechki payt Ispaniyaga etib keldi, bu Oq uy rahbarining bu mamlakatga oxirgi 15 yil ichidagi birinchi tashrifidir.

Ispaniyaga tashrif buyurgan oxirgi AQSh prezidenti kichik Jorj Bush bo'lgan, u bu mamlakatga 2001 yilda tashrif buyurgandi.

Ispaniyaga birinchi tashrif buyurgan AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer hisoblanadi, u bu Piriney yarim oroliga 1959 yilda kelgan va shu tariqa hukumat tepasiga diktator Fransisko Franko kelgandan keyin Ispaniyaning yakkalanib qolishiga barham berilgan. AQShning 37-prezidenti Richard Niksondan boshlab barcha prezidentlar Ispaniyaga kelgan va Obama ham bundan istisno bo'lmadi.

Obamaning tashrif dasturiga oxirgi pallada o'zgartirishlar kiritildi. Dastlab Obama Varshavadan 9 iyul kechki payt Sevilyaga kelib, 10 iyulda qirol Felipe VI hamrohligida shaharning diqqatga sazovor joylariga, jumladan Alkasar va cherkovga tashrif buyurishi, so'ngra Rota harbiy-dengiz bazasiga jo'nashi, asosiy muzokaralarni esa 11 iyulda Madridda o'tkazishi kerak edi.

Biroq Dallasdagi tartibsizliklar sababli Oq uy tashrif dasturini qisqartirishga qaror qildi. Obama Evropadan AQShga qaytgach, birinchi bo'lib Dallasga yo'l olmoqchi. Natijada, Obama Ispaniyada bir kun kamroq bo'ladi. Obamaning Sevilyaga tashrifi vaqtiga belgilangan barcha madaniy tadbirlar va Madridda qirollik saroyidagi rasmiy tushlik bekor qilindi.

Obamaning samolyoti 9 iyulda Madrid yaqinidagi Torrexon aeroportiga qo'ndi. Uni aeroportda Ispaniya qiroli Felipe VI va hukumat raisi o'rinbosari Sorayya Saens de Santamariya kutib oldi.

Obama 10 iyulda qirollik saroyiga tashrif buyurib, u erda qirol bilan muzokaralar o'tkazadi va so'ngra mamlakat bosh vazirining rasmiy qarorgohi – Monkloaga tashrif buyurib, u erda bosh vazir vazifasini bajaruvchi va 20 iyundagi saylovlarni yutgan Xalq partiyasi etakchisi Mariano Raxoy bilan uchrashadi.
Obama Raxoy bilan uchrashgandan keyin Torrexon fuqarolik-harbiy aeroportiga borib, u erda mamlakatning yirik muxolif siyosiy partiyalari etakchilari bilan uchrashadi. Bu uchrashuv o'tkazilishi zarurati Ispaniyada 20 iyunda parlamentga muddatdan avvalgi saylovlar o'tgani va Ispaniya hukumati hali ham muvaqqat maqomini saqlab qolayotgani bilan bog'langan.

So'ngra Obama Kadis viloyatida joylashgan ispan-amerika harbiy-dengiz bazasi Rotaga jo'nab, u erda ispan va amerikalik harbiylar oldida nutq so'zlaydi.
Rota – Ispaniya harbiy-dengiz kuchlarining bosh bazasi bo'lib, u erda ispan HDKning bosh shtabi va AQSh HDK 6-tezkor flotining joylashuv punktlaridan biri joylashgan. Bu erda 3 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan.

Bir qator jamoatchilik tashkilotlari va uyushmalari Obamaning tashrifi vaqtida norozilik namoyishlari o'tkazishmoqchi. "G'urur uchun marshlar" birlashmasi aktsiyalar "imperializmga qarshi" va "xalqlar mustaqilligini qo'llab-quvvatlashga" qaratilgan bo'lishini aytdi. Aktsiyalar "Obama, uyingga jo'na!", "NATO, urush, bazalarga yo'q!" degan shiorlar ostida o'tishi aytilmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн