Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShning harbiy sirlarini sotishga harakat qilgan kaliforniyalik kishi hibsga olindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118           Дата: 9-07-2016, 21:15          
AQShning harbiy sirlarini sotishga harakat qilgan kaliforniyalik kishi hibsga olindi

Kaliforniya fuqarosi AQSh harbiy sun'iy yo'ldoshlarining texnik xususiyatlari bilan bog'liq, davlat miqyosidagi ahamiyatga ega maxfiy ma'lumotni sotishga harakat qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqida Los-Anjeles sudining tarqalgan hujjatlariga asoslanib TASS xabar berdi.

Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, Amerika mudofaa boshqarmasida pudratchi bo'lib faoliyat yuritgan 49 yoshli muhandis Gregori Allen Jastis maxfiy ma'lumotni, xususan AQShning ba'zi harbiy va tijorat sun'iy yo'ldoshlarida o'rnatilgan dasturiy ta'minotga doir sirni Rossiya ayg'oqchisi deb o'ylagan kishisiga sotmoqchi bo'lgan. Aslida esa u niqob ostidagi FQB agenti bo'lgan.

2000 yildan beri sun'iy yo'ldoshlarni yaratish bilan shug'ullanib, AQSh mudofaa vazirligiga xizmat qilgan Jastis tergovchilar oldida bunday jinoyatga qo'l urishiga turmush o'rtog'ining jiddiy kasalini davolash uchun pul zarur bo'lganini bahona qilib ko'rsatdi.

“Jastis AQSh texnologiyalariga oid maxfiy sirni xorijiy agent deb hisoblagan kishisiga sotib, o'z manfaatlarini milliy xavfsizlikdan yuqori qo'ydi”, - dedi AQShning milliy xavfsizlik bo'yicha bosh prokuror o'rinbosari Jon Karlin. “Ushbu ma'lumot begona qo'llarga tushib, AQSh va uning ittifoqdoshlariga ziyon etkazishi mumkin edi”, - deya ta'kidladi u.

Sud jinoyatchini garov puli evaziga qo'yib yuborishdan bosh tortdi, u Kaliforniya qamoqxonalaridan biriga joylashtirildi. Jastis aybdor deb topilsa, unga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ushbu holat yuzasidan sud ishining boshlanish muddati belgilanganicha yo'q.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031