Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston g'arbida ro'y bergan ikkita YTHda kamida 24 kishi qurbon bo'lgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 76           Дата: 7-07-2016, 21:06          
Hindiston g'arbida ro'y bergan ikkita YTHda kamida 24 kishi qurbon bo'lgan

Hindistonning Rajaston shtatida sodir bo'lgan ikkita avtohalokatda kamida 24 kishi nobud bo'lib, 55 kishi tan jarohati olgan, deb xabar qilmoqda Doordarshan telekanali.

Birinchi hodisa Bxilvara okrugi Bandor shahrida 7-iyulga o'tar kecha yuz bergan. Aravasida 50dan ortiq kishini olib ketayotgan traktor tepalik yo'lida shag'al olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. 13 kishi hayotdan ko'z yumgan, 40 kishi jabrlangan.

Ikkinchi baxtsiz voqea Siroxi okrugida 7 iyul ertalab sodir bo'lgan. Yuk mashinasi bilan to'qnashgan avtobus ag'darilib ketishi natijasida 11 kishi halok bo'lib, 15 kishi yaralangan.

Aytish joizki, Hindiston yo'llarining achinarli holati va haydovchilarning malakasiz boshqaruvi jiddiy avtohalokatlarga sabab bo'ladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda har kuni 400 kishi avtohalokat qurboni bo'lsa, bir yilda salkam 150 ming odam shu kabi fojialar tufayli hayotdan ko'z yumadi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti esa, bu raqam so'nggi yillarda birmuncha oshib, bir yilda 200 ming atrofida inson qurbon bo'lishini ta'kidlaydi.

Foto:© Flickr

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031