Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amerikalik uchuvchilar Suriyada IShID jangarilari bilan jang vaqtida ittifoqchilarini tashlab ketishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 199           Дата: 7-07-2016, 11:15          
Amerikalik uchuvchilar Suriyada IShID jangarilari bilan jang vaqtida ittifoqchilarini tashlab ketishdi

AQSh harbiy havo kuchlari, Suriyadagi jangning eng hal qiluvchi onlarida, ittifoqchilarini o'z hollariga tashlab qo'ygani jangovar amaliyotning barbod bo'lishiga sabab bo'lgan, deb yozmoqda The Washington Post.

Gazeta manbalarining hikoya qilishlaricha, 28 iyun kuni amerikalik uchuvchilar muxolifatning Suriya sharqidagi Abu Kamol shahriga hujumini havodan qo'llab-quvvatlash bo'yicha jangovar topshiriq olgan. Jang eng qizigan pallada uchuvchilar bu hududni tark etish va qo'shni Iroqdagi Al-Faluja shahri chekkalariga zarba berish borasida ko'rsatma olishgan.

Pentagon vakili Kris Harverning so'zlariga ko'ra, harbiy qo'mondonlik IShIDning Al Falujada harakatlanayotgan yirik avtokarvonini yo'q qilishni ma'qul ko'rgan. Buning natijasida, Ozod Suriya armiyasi jangchilari Abu-Kamol ostonasida chekinishga majbur bo'lishgan.

Nashrning yozishicha, mazkur amaliyotning barbod bo'lishi, AQShning mintaqada diniy ekstremistlarga qarshi tura oladigan mahalliy jangovar bo'linmalarni tashkil etish rejasini chippakka chiqargan. Bundan tashqari, nashr Qo'shma Shtatlarning bir amaliyotni bajarish uchun harbiy salohiyatini katta hudud bo'ylab u yoqdan bu yoqqa jalb etayotganini vaj qilib, uning mintaqada yirik kuchlari borligini shubha ostiga qo'ygan.

AQSh etakchiligidagi 66 davlatdan iborat xalqaro koalitsiya 2014 yildan beri IShID egallab turgan hududlarni bombardimon qiladi. Suriyadagi harbiy harakatlar esa, rasmiy hukumat roziligisiz tashkil etilmoqda.
Arxiv foto: © AP Photo/ helan M. Ebenhack

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031