Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ramzon Qodirov Erdo'g'anni Chechenistondan qochib, Turkiyada yashirinib yurgan terrorchilarni topshirishga chaqirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 5-07-2016, 21:02          
Ramzon Qodirov Erdo'g'anni Chechenistondan qochib, Turkiyada yashirinib yurgan terrorchilarni topshirishga chaqirdi

Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Ramzon Qodirov Turkiya prezidenti Toyyib Erdo'g'anga Chechenistondan qochib, Turkiya hududida yashirinib yurgan terrorchilarni topshirishni so'rab murojaat qildi. Shuningdek u Istanbul aeroportidagi teraktga Ahmad Chataev aloqador bo'lgan taqdirda, uning harakatlari uchun javobgarlikni G'arb, Gruziya va boshqa mamlakatlarning maxsus xizmatlari o'z zimmasiga olishi kerak.

"Men Turkiya va Rossiya aloqalari qayta tiklanayotganidan xursandman. Fursatdan foydalanib, Turkiya prezidenti Toyyib Erdo'g'andan yana bir marta terrorchilarni topshirish to'g'risida qaror qabul qilinishini so'rayman", - deya yozib qoldirdi Qodirov o'zining Instagram'dagi sahifasida.

Shuningdek u turk rahbariyatiga terrorchilarni nomma-nom atab, ularni topshirishni so'rab bir necha marotaba murojaat qilganini ta'kidladi. "Agar turk hukumatiga terrorchilar haqida ma'lumot kerak bo'lsa, yana bir bor ularning nomlarini takrorlayman: Tarxan Gaziev, Ahmad Umarov, Ahmad Pataev, Shirvani Basaev, Mahran Saidov, Rizvon va Usama Yakubovlar, Aslanbek Vadalov, Movsar Chataev, Xadi Alasxonov, Rustam Naurbaev va ularning mafkuraviy ustozi Movladi Udugov. Men Anqaraga borganimda o'sha paytdagi IIV vaziri Beshir Atalayni ular tomonidan xavf-xatar kutilishi mumkinligi to'g'risida shaxsan ogohlantirganman. Menga terrorchilarni topshirish haqida qaror qabul qilinishini aytib ishontirishgan, biroq bu amalda tasdig'ini topmadi", - deya ma'lum qildi Qodirov.

Checheniston rahbari Istanbuldagi terraktga Chataevning aloqadorligiga izoh berar ekan, u Rossiyadan "oddiy bosqinchi" sifatida ketgani, keyinchalik Avstriya, Gruziya va Turkiyada uni terrorchi qilib tarbiyalashganini ta'kidladi. "G'arb, gruzin va boshqa maxsus xizmatlar Rossiyaga achchiq qilib, Chataevdan terrorchi tarbiyalashgan. Shu bois bu o'rinda ular Checheniston tomon boqmay, javobgarlikni o'z zimmalariga olishlari kerak bo'ladi", - deydi Qodirov.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031