Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh Mustaqillik kunini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda nishonladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 5-07-2016, 10:05          

Amerikaliklar 4 iyul kuni Qo'shma shtatlarning navbatdagi Mustaqillik bayramini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda o'tkazishdi. Bu yil mamlakat Britaniya hukmronligidan ozod bo'lganligining 240 yilligini nishonladi.

AQShdagi eng ommaviy tantanalar Nyu-Yorkdagi East river daryosi bo'yida o'tkazildi. Kuchli shamol esib, yomg'ir yog'ishiga qaramay, milliondan ortiq kishi rang-barang mushaklar shousini o'z ko'zi bilan ko'rish, VVS orkestri va Jennifer Holidey kontsertidan zavq olish hamda raqs dastalarining ijro mahoratini tomosha qilish uchun kechqurun shu maskanga to'plandi.

AQSh Mustaqillik kunini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda nishonladi

Bayram tantanalari yoqimsiz hodisalarsiz, xotirjam o'tishi uchun Nyu-York politsiyasi rahbariyati shaharga qo'shimcha kuchlarni yo'naltirdi, shu jumladan East river daryosi bo'yida xavfsizlikni ta'minlash uchun 5 ming politsiyachi, butun shahar bo'ylab ishlovchi 500 nafar patrul, kinolog-mutaxassislar portlovchi moddalarni seza oladigan itlari bilan yo'naltirildi. Bundan tashqari, shaharda qo'shimcha kuzatuv kameralari va radiatsiya detektorlari o'rnatildi.

AQSh Mustaqillik kunini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda nishonladi

Bayram oldidan Nyu-York meri Bill de Blazio 4 iyulda kishilarning xavfsizligini to'liq ta'minlash maqsadida juda ko'p politsiyachilarning ishtiroki tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. U terror xavfi to'g'risida hech qanday ma'lumot bo'lmasa-da, bunday choralar fuqarolar xavfsizligini himoya qilishga qaratilishini bildirgan.

Vashingtondagi Kapitoliyning G'arbiy maydonida Milliy park xizmati va Milliy simfonik orkestri tomonidan tashkil etilgan bayram kontserti bo'lib o'tdi. Kontsert an'anaga ko'ra, P.I.Chaykovskiyning "1812 yil" asari ijrosi bilan yakunlandi.

AQSh Mustaqillik kunini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda nishonladi

AQSh Mustaqillik kunini yuqori darajali xavfsizlik choralari ko'rilgan sharoitlarda nishonladi


Foto:© AP Photo/Kathy Willens

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031