Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Polshaning sobiq prezidenti: AQSh o'rnida bo'lganimda Rossiya samolyotini urib tushirgan bo'lardim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 244           Дата: 4-07-2016, 00:02          
Polshaning sobiq prezidenti: AQSh o'rnida bo'lganimda Rossiya samolyotini urib tushirgan bo'lardim

Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa AQShning Boltiq dengizidagi «Donald Kuk» eskadrilya mina tashuvchisi yaqinidan ruslarning Su-24 bombardimonchilari uchib o'tishi bilan bog'liq hodisani eslab o'tdi. U kema kapitani o'rnida bo'lganida Rossiya samolyotlarini urib tushirgan bo'lishi haqida aytgan.

«Agar shu kema kapitani bo'lganimda va shu samolyotlar kemam yonidan uchib o'tganida, ularni urib tushirgan bo'lardim. Yo'q, unchalik emas, men uchuvchilarni o'ldirmas edim. Samolyotlarning qanotlarini o'qqa tutgan bo'lardim», - degan Valensa Radio Free Europe radiosi uchun bergan eksklyuziv intervyusida.

Shu bilan birga Polshaning sobiq prezidenti bunday ish harbiy mojaro keltirib chiqarmagan bo'lishiga ishonch bildirgan.

«Qanday mojaro? Hech kim urush istamaydi, shu jumladan Rossiya ham. Ruslar buni o'ziga ep ko'rishi mumkin, lekin bu ularga juda qimmatga tushadi», — deya ta'kidladi Valensa.

Uning fikricha, Rossiyaning siyosati «qo'rqitish va shantaj» hisobiga g'alabaga erishishni nazarda tutadi.

Eslatib o'tamiz, shu yilning aprelida Rossiyaning Su-24 bombardimonchilari Boltiq dengizidagi betaraf suvlarda suzayotgan Amerika esminetsi yaqinidan uchib o'tgandi.

Su-24 samolyotlarida qurol-yarog' bo'lmagan. Ular esminets palubasi ustidan hujum chog'ida bo'ladigan manyovrni bajargan holda uchib o'tgan. Xavfli yaqinlashuvlardan biri esminets palubasidan Polsha qurolli kuchlari vertolyoti uchib ketmoqchi bo'lganida sodir bo'lgan. Parvozni bekor qilishga to'g'ri kelgan.

AQSh rossiyaliklar samolyotlari o'z esminetsi yaqinidan uchib o'tishi aks etgan videolarni namoyish qildi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Amerika esminetsi o'z ustidan uchib o'tgan Su-24 samolyotlarini urib tushirish huquqi bo'lgani haqida gapirdi.

Shu kunlarda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Jon Kerri bu hodisa bilan bog'liq vaziyatni muhokama qildi.

Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko Boltiq dengizida AQSh esminetsi bo'lishini harbiy bosim o'tkazishga urinish deb baholagan.

Pentagon Rossiya samolyotlarining xavfli yaqinlashuvi ikki mamlakat munosabatlari taranglashishiga olib kelishidan ogohlantirgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн