Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda Tesla Motors’ga nisbatan tekshiruv boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 1-07-2016, 10:53          
AQShda Tesla Motors’ga nisbatan tekshiruv boshlandi

AQSh yo'l harakati xavfsizligi milliy ma'muriyati (NHTSA) Tesla Motors avtomobilsozlik kompaniyasiga nisbatan bu kompaniya mashinasi ishtirokida o'lim bilan yakunlangan yo'l-transport hodisasi yuz bergandan keyin dastlabki tekshiruv boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Kompaniyaning Tesla Model S modelidagi 25 mingta mashinasi tekshiruvdan o'tkaziladi.

Kompaniyaning 2015 yilda ishlab chiqarilgan mashinasi avtopilotda ketayotganda o'lim bilan yakunlangan yo'l-transport hodisasiga tushib qolgan. Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, YTH kompaniya mashinalari avtopilotda 130 mln mil yurganidan keyin sodir bo'lgan. AQShda o'rtacha o'lim bilan yakunlanuvchi YTHlar 90 mln milda, butun dunyo bo'ylab esa 60 mln milda bir marta qayd qilinadi.

Mashina oldidagi to'siqni payqamay qolib, yo'lni kesib o'tayotgan yuk mashinasi treyleriga urilgan. Mashina haydovchisi va kompyuter tizimi yorug' osmon fonida oq rangdagi treylerni payqamay qolgan. Ta'kidlanishicha, elektromobil treylerning pastki qismiga old oynasi bilan urilgan. Oqibatda elektromobil haydvchisi halok bo'lgan.

Xabarda aytilishicha, avtopilot funktsiyasi hali ham dastlabki sinovdan o'tkazilmoqda va haydovchi rulni chambarini ushlab turishini talab qiladi. Agar haydovchi boshqaruvdan chalg'isa, mashina tormozlanishni boshlaydi.

Kompaniya matbuot xizmatida aytilishicha, avtopilot muntazam yaxshilanib bormoqda, biroq hali ham haydovchi e'tiborini talab qiladi. Ta'kidlanishicha, elektron tizimlar yordamida mashina boshqarish istalgan vaziyatda xavfsizlik ko'rsatkichlarini yaxshilaydi.

Tesla Motors va uning rahbari Ilon Mask halok bo'lgan haydovchi oilasiga hamdardlik bildirdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн