Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston o'z fuqarosi Istanbuldagi teraktga aloqadorligi haqida ma'lumot olmaganini ma'lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 218           Дата: 30-06-2016, 20:13          
O'zbekiston o'z fuqarosi Istanbuldagi teraktga aloqadorligi haqida ma'lumot olmaganini ma'lum qildi

O'zbekiston maxsus xizmatlari Turkiya rasmiylaridan O'zbekiston fuqarolarining Istanbuldagi teraktga aloqadorligi haqida hech qanday xabar olmagan. Bu haqda O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib, Sputnik xabar qildi.

Bundan oldinroq Reyter agentligi va boshqa bir qator nashrlar Istanbuldagi terakt ijrochilari Rossiya, Qirg'iziston va O'zbekiston fuqarolari bo'lgani haqida xabar tarqatdi.

«Turkiya tomonidan biz hech qanday bildirish kelib tushmadi. Agar ma'lumot kelsa, biz belgilangan tartibda ish olib boramiz», — deyilgan manba ma'lumotida.

29 iyunga o'tar kechasi Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportga 3 nafar terrorchi uyushtirgan hujum oqibatida 43 kishi qurbon bo'ldi, 239 kishi jarohatlandi.

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bu terakt ortida IShID turgani haqida ma'lum qildi.

Bugun Turkiya maxsus xizmatlari shaharning 16 nuqtasida o'tkazilgan reydlar vositasida teraktga aloqadorlikda gumon qilib, 13 kishini qo'lga oldi. Ulardan 4 nafari xorijlik.

Yeni Safak nashri Istanbul teraktlarini chechenistonlik terrorchilar uyushtirgan bo'lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Xabarda aeroportda o'zini portlatganlardan biri "Imarat Kavkaz" guruhi vakili Ahmed Chataev ekani aytilgan.

DHA agentligi esa terrorchilardan biri kelib chiqishi chechen bo'lgan Rossiya fuqarosi Osman Vadinov bo'lgani, u Turkiyaga Suriyaning Raqqa shahridan kelgani haqida yozdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн