Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

KXDR AQSh bilan muloqot qilmasligini ta'kidladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 172           Дата: 30-06-2016, 10:53          
KXDR AQSh bilan muloqot qilmasligini ta'kidladi

KXDR Qo'shma Shtatlarning dushmanlik harakatlariga javoban yadroviy qudratini mustahkamlashda davom etadi. "Nodon sinmun" gazetasi respublika Tashqi ishlar vazirligi vakiliga asoslanib shu haqda xabar bergan.

Manba "KXDRni yakkalab qo'yish maqsadida xalqaro kampaniyani kengaytirayotgan" Vashington bilan muloqot qilish ehtimoli mavjudligini rad etgan.

KXDR tomonidan berilgan bayonotda amerikaliklarning qanotli raketalar bilan jihozlangan USS Mississippi atom suvosti kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirib kelishi, qo'shni davlat havo hududida B-52 srtategik bombardimonchi samolyotlari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi va "Pxenyanni bosib olish" rejalari ishlab chiqilishi rahbariyatni g'azablantirgani aytilgan.

Diplomat ogohlantiradiki, AQSh ma'muriyati bu ishlarning "og'ir oqibatlari"ga yo'liqishi mumkin.

Bundan oldinroq, KXDR BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan mamlakatda ballistik raketalar uchirilishini qoralagan bayonotni to'liq rad etgandi.

Koreya Mehnat partiyasining AQSh va boshqa dushman kuchlari tomonidan tahdid yuzaga kelayotgan sharoitda mamlakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yadroviy kuchlarni mustahkamlash va iqtisodiyotni parallel rivojlantirish tizimiga muvofiq joriy haftada "Xvason-10" raketalari uchirilgan.

KXDR vakili Koreya yarim orolidagi keskinlikning ortishi uchun javobgarlikni Vashingtonga yuklab, BMT Xavfsizlik kengashining bayonotini ikkiyuzlamachi siyosatning xolislikdan mahrum samarasi deb atadi. U AQSh KXDRga sanktsiyalar va yadro tahdidi yordamida bosim o'tkazishni to'xtatmas ekan, KXDR bu kabi choralarni qabul qilishda davom etishi haqida ogohlantirdi.

Keyinroq KXDR AQShni yadro salohiyatini mustahkamlashda davom etishi haqida xabardor qildi.

23 iyun kuni KXDR "er—er" sinfidagi o'rta va uzoq masofalarga parvoz qiluvchi "Xvason-10" strategik ballistik raketasini uchirgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн