Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Belgiyada yashovchi britaniyaliklar zudlik bilan mamlakat fuqaroligini olishga harakat qilmoqdalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 30-06-2016, 00:19          
Belgiyada yashovchi britaniyaliklar zudlik bilan mamlakat fuqaroligini olishga harakat qilmoqdalar

Belgiya hukumati Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqini tark etishga qaror qilganidan keyin Belgiyada yashovchi va ishlovchi britaniyaliklardan fuqarolik berish bo'yicha yuzlab arizalar olmoqdalar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Belgiyada Buyuk Britaniyaning 24 ming fuqarosi, ulardan uchdan biri esa Bryusselda yashaydi. Ulardan ko'pchiligi NATO yoki EIning turli tashkilotlarida ishlaydilar.

Iksel kommunasi boshlig'i Dominik Defurni oxirgi bir necha kun ichida 40 kishi fuqarolik olish bo'yicha ma'lumot so'raganini ma'lum qildi.

"Bu to'xtovsiz yuz bermoqda. Ba'zilar zarur ma'lumotni ertalabki 7.30 dan boshlab so'ramoqda", deb aytdi Defurni.

Boshqa kommunalar ham shunga o'xshash vaziyatdan xabar berishmoqda. Hukumat vakillarining aytishlaricha, ular bunday murojaatlarni avval juda kam olishgan.

"Odatda biz fuqarolik yuzasidan ma'lumot berish haqida kam murojaat olamiz. Biroq jumadan beri haqiqiy bum yuz berdi", deb aytdi Volyuve-Sen-Lamber kommunasi vakili.

Belgiya fuqaroligini mamlakatda 5 yil yashagan va ishlagan hamda frantsuz, nemis yoki golland tilida so'zlasha oladigan odamlar olishi mumkin.

Hammasi bo'lib EI davlatlarida 1,3 mlnga yaqin britaniyalik va EI davlatlarining 3 mln ga yaqin fuqarosi Buyuk Britaniyada ishlab, yashaydi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн