Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Britaniya Mehnat vaziri bosh vazir lavozimi uchun nomzod bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182           Дата: 29-06-2016, 20:48          
Britaniya Mehnat vaziri bosh vazir lavozimi uchun nomzod bo'ldi

Buyuk Britaniya mehnat va pensiya ishlari vaziri Stiven Krabb o'zining mamlakat bosh vazirligi uchun o'tkaziladigan saylovda nomzod sifatida ishtirok etishini tasdiqladi. U bu haqda maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

"Men Buyuk Britaniyaning EIdan chiqishini qo'llab-quvvatlagan 17 million kishi ishonchini oqlaydigan hukumatni boshqarishni istayman. Referendumning birinchi galdagi maqsadi Buyuk Britaniyada migratsiya bo'yicha nazoratni kuchaytirish. Shu tufayli men uchun erkin harakatlanish muhimdir", degan u.

Bundan oldinroq britan nashrlarida Krabb o'z nomzodini Konservatorlar partiyasidan ko'rsatishi haqida xabarlar berilgandi. Ayni vaqtda hukumatda konservatorlar ko'pchilikni tashkil etadi, shu tufayli Krabb ular orqali saylovda g'olib chiqqan taqdirda o'z postini mustahkamlashni mo'ljallagan. Saylov uchun nomzodlarni ilgari surish 30 iyunga qadar davom etadi. Hukumatning yangi rahbari nomi 9 sentyabr kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.

Britaniyalik siyosatchilarning hisoblashicha, mamlakatda bosh vazirdan keyingi maqomda turuvchi Moliya vaziri lavozimini ayni vaqtda Biznes, innovatsiyalar va mutaxassilarni saralash ishlari bo'yicha vazir hisoblanadigan Sajid Javid egallaydi.

Buyuk Britaniyada 23 iyun kuni mamlakatning Evropa ittifoqini tark etishi masalsida referendum o'tkazildi. Unda Brexit tarafdorlari 51,9 foizlik ustunlik bilan g'olib chiqdi. Angliya va Uels aholisining katta qismi EIni tark etish uchun ovoz bergan, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyada EIda qolish tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etgan.

Referendum natijalaridan keyin EIda qolish tarafdori bo'lgan bosh vazir Devid Kemeron lavozimini tark etishi haqida ma'lum qildi.

Krabb va Javid ham Buyuk Britaniyaning EIda qolishi tarafdorlari hisoblanishadi.

Krabb hozirgacha rasman nomzod bo'lgan ilk siyosatchi. Undan tashqari, bosh vazirlik uchun IIV rahbari Tereza Mey, Londonning sobiq meri Boris Jonson, Sog'liqni saqlash ishlari vaziri Jeremi Hant hamda Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Liam Foks kabilar ham saylovda o'z nomzodlari bilan qatnashishi kutilmoqda.

G'olib chiqish uchun asosiy da'vogarlar Jonson va Mey hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн