Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jurnalist mulohazasi: Turkiya va Rossiya munosabatlari yaxshilanadimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 573           Дата: 29-06-2016, 00:21          
Jurnalist mulohazasi: Turkiya va Rossiya munosabatlari yaxshilanadimi?

27 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Putinga 2015 yilning 24 noyabrida urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun uzr so'rab maktub yo'llagani haqida ma'lum qildi. Peskovning aytishicha, Turkiya prezidenti yuz bergan hodisadan afsusda ekanini bildirgan hamda uchuvchi Oleg Peshkovning o'limi yuzasidan ta'ziya izhor qilgan va bu oila uchun tovon to'lanishini bildirgan.

Hozircha uchuvchining oilasiga qancha miqdorda tovon berilishi aniq emas. Buni Rossiya xukumati yoki uchuvchining oilasi hal qilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, “Ozodlik flotiliyasi” bilan bog'liq voqea uchun Turkiya Isroildan 20 million dollar tovon puli olgandi (2010 yili Isroil maxsus bo'linmasi tomonidan Turkiyaga qarashli «Mavi Marmara» paromining qo'lga olinishi chog'ida turkiyalik harbiylar halok bo'lgan).

Maktubda Turkiya Rossiya bimlan aloqalarni buzish niyati yo'qligi, Moskva Anqaraning strategik hamkori ekani ta'kidlangani aytildi.

Har ikki tomon shu vaqtgacha aloqalar tiklanishi tarafdori ekanligini aytib kelar, ammo munosabatlar yaxshilanishi uchun birinchi qadamni qo'yishda hech bir tomon qadam tashlamayotgandi.

Kreml tomonidan berilgan bayonotlarda muloqot qayta yo'lga qo'yilishi uchun Anqara kechirim so'rashi, hodisa sabablari yuzasidan tushuntirish berishi va samolyot uchun hamda uchuvchining oila a'zolariga tovon to'lashi lozimligini aytib kelinardi.

Turkiya rahbarining Rossiya prezidentiga yo'llagan maktubida “Og'riqni engillashtirish va etkazilgan zararni qoplash maqsadida biz har qanday harakatlarga tayyormiz”, deyilgan.

Tahlilchilarning fikricha, bo'shab qolgan Turkiya plyajlari va to'xtab qolgan Rossiyadagi qurilishlar har ikki mamakat iqtisodiyotiga zarar eikazgani aniq. 21 iyun kuni Hurriyet gazetasi Antalyadagi tursanoat inqirozga yuz tutgani borasida xabar berdi. 2016 yilning besh oyi davomida rossiyalik sayyohlarning Turkiyaga kelishi 96 foizga qisqarib ketdi.

Turkiyaning uzrini Rossiya qabul qilishi yoki qilmasligini vaqt ko'rsatadi. Shu haftada har ikki prezidentning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Rossiya va Turkiya o'rtasidagi aloqalarning izga tushishi bilan bog'qliq masalalar 1 iyul kuni Sochida Qora dengiz mintaqasi Iqtisodiy Kengashi tashqi ishlar vazirlarining anjumani doirasida ham muhokama qilinadi. Anjumanda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyud Chovusho'g'li ishtirok etishi kutilmoqda.

Rossiyalik siyosatchilar agar Erdo'g'anning uzri samimiy bo'lsa, u holda ikki mamlakat o'rtasidagi muloqotlar davom etishi kerak degan fikrlarni aytishmoqda.

Liberal demokratik partiya rahbarlaridan biri Igor Lebedev o'z so'zida Erdo'g'an mardlarcha ish qilganini qayd qilar ekan, “har qanday erkak ham uzr so'ray olmaydi” dedi. Uning fikricha, 70 milliondan ortiq aholisi bo'lgan Turkiya bilan aloqalarni o'rnatish kerak.

O'tgan yilning 24 noyabrida Turkiyaga tegishli qiruvchi samolyot Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini Suriya osmoni ustida urib tushirdi. Rossiya va Turkiya o'rtasidagi eng samimiy va eng oliy darajali aloqalar birdaniga nolga tushib ketdi.

Vladimir Putin hodisaga baho berar ekan buni “ortdan berilgan zarba” deb baholadi.

Ommaviy axborot vositalarida paydo bo'lgan ayrim xabarlarga ko'ra, Erdo'g'an so'ngi yillarda Turkiya tashqi dunyodan ajratib qo'yilishiga sababchi bo'ldi. Rossiyadan uzr so'rashi orqali esa tashqi siyosatidagi keskinlikni biroz yumshatishga urinmoqda.

Shuni aytish kerakki, Putindan uzr so'rashdan avval Turkiya va Isroil o'rtasidagi munosabatlarda ham iliqlik kuzatila boshlandi. Bundan olti yil avvval “Ozodlik flotiliyasi” Isroil harbiylari tomonidan hujumga uchraganidan keyin ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuz bergan edi. 9 nafar turkiyalikning o'limi yuzasidan Turkiya Isroilning kechirim so'rashini talab qilib kelmoqda edi. Nihoyat bu ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar yaxshi tomonga o'zgara boshladi. Har ikki mamlakat bosh vazirlari tomonidan erishilgan kelishuvga ko'ra, endilikda rasmiy Anqara Falastinning G'azo mintaqasiga yordam ko'rsata oladi, Isroil gazi Turkiya orqali Evropaga etkazib berila boshlanadi va har ikki mamlakatning elchilari o'z faoliyatlarini qayta tiklashadi. Yarim yillik muzokoralardan so'ng erishilgan kelishuv matni Rimda bo'lib o'tgan muzokoralarda tasdiqlangan edi. Dushanba kuni har ikki mamlakat bosh vazirlari Binyamin Netanyahu va Binoli Yildirim bir vaqining o'zida sinxron bayonot bilan chiqishdi. Bosh vazirlarning bayonotlaridan bir necha soat o'tar-o'tmas Rossiya va Turkiya o'rtasidagi aloqalarga oid axborot tarqaldi.

Sharofiddin To'laganov tayyorladi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн