Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya Su-24 uchuvchisining o'limi uchun uning oilasi talab etsa, tovon puli to'laydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152           Дата: 28-06-2016, 20:53          
Turkiya Su-24 uchuvchisining o'limi uchun uning oilasi talab etsa, tovon puli to'laydi

Rossiyalik marhum uchuvchi Oleg Peshkovning oilasi a'zolari Turkiyadan tovon to'lashni talab qilib murojaat qilsa, bu masala Turkiya tomonidan ko'rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Ibrohim Qalin NTV telekanali orqali ma'lum qildi.

"Biz zarurat tug'ilsa, Turkiya prezidenti maktubida aytilgani kabi "marhumning oila a'zolari qayg'usini engillatish uchun" shunday qadam tashlashga tayyormiz. Agar bu oila vakillari tegishli murojaat bilan chiqsa, biz albatta buni inobatga olamiz va bu masalaga insoniy nuqta nazardan qaraymiz. Hozircha bizga bunday murojaat kelib tushmagan", degan u.

Qalin Turkiya prezidentining Putinga yo'llagan maktubida marhum uchuvchining oilasi uchun atalgan qismida "uzr" so'zi ishlatilganini qayd etgan.

"Bu barcha insonlarga xos hamdardlik so'zlari. Inson o'limi bilan tugagan voqea uchun prezident marhumning yaqinlariga ta'ziya bildirgan. Bu Rossiya tomonidan qabul qilingani bizni xursand qildi", degan Qalin.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн