Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erdo'g'an Su-24 uchun Putindan uzr so'radi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 166           Дата: 28-06-2016, 10:26          
Erdo'g'an Su-24 uchun Putindan uzr so'radi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya samolyoti Su-24 urib tushirilgani uchun uzr so'rab Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yozgan. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Turkiya prezidenti Erdo'g'andan kelgan murojaatda Turkiya etakchisi Rossiya harbiy samolyoti halokati bilan bog'liq vaziyatni iziga tushirishga qiziqish bildirdi", dedi Peskov.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti o'z maktubida Su-24 uchuvchisining o'limi uchun hamdardlik bildirgan.

Peskovning ta'kidlashicha, Erdo'g'an maktubda "uzr" so'zini ishlatgan.

"Men qurbon bo'lgan rossiyalik uchuvchi oilasiga yana bir bor o'zimning hamdardligimni izhor qilib, chuqur ta'ziya bildiraman va kechirim so'rayman. Butun yuragim bilan ularning dardiga sherikman. Rossiyalik uchuvchi oilasini turk oilasi sifatida qabul qilamiz. Etkizilgan qayg'u va zararni qoplash uchun biz har qanday tashabbusga tayormiz", deya Erdo'g'anning so'zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Rossiya rahbariga yo'llangan maktubda Turkiya rahbari Anqaraning Rossiya bilan munosabatlarni barbod qilishni istamasligi haqida ham yozilgan.

O'z xatida Erdo'g'an "Rossiya va Turkiya uchun odatiy bo'lgan do'stona munosabatlarni tiklash uchun zarur bo'lgan barcha ishni qilishga, shu bilan birga hududdagi mojarolarni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilishga hamda terrorchilikka qarshi hamkorlikka tayyor ekanini" ta'kidlagan.

Shuningdek, murojaatda Erdo'g'an rossiyalik harbiyning halokatiga aloqador Turkiya fuqarosiga nisbatan tergov ishlari davom etayotganini uqtirgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim "Rossiya bilan munosabatlar iliqlashishi" jarayoni ketayotganini aytib o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuchlarining Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tushirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot o'z havo hududini kesib o'tganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bo'lganini ta'kidladi.

Putin ushbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko'lamli iqtisodiy sanktsiyalar kiritgan edi.

Shundan so'ng ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн