Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erdo'g'anning matbuot kotibi uzrnoma haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73           Дата: 27-06-2016, 20:09          
Erdo'g'anning matbuot kotibi uzrnoma haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning matbuot kotibi Ibrohim Qalin Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yozilgan uzrnoma haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatdi.

Turkiyaliklar rahbari o'z maktubida Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisi o'limi munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirgan.

«Shuni aytmoqchi edimki, rossiyalik uchuvchi oilasining qayg'usiga sherikman va unga hamdardligimni bildiraman. Bu ish uchun kechiring», deb yozilgan edi maktubda.

O'z navbatida, Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishiq bu maktubga izoh bergan.

«Biz Rossiya bilan munosabatlarda yuz beradigan jiddiy siljish arafasidamiz», degan u.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuchlarining Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tushirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot o'z havo hududini kesib o'tganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bo'lganini ta'kidladi.

Putin ushbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko'lamli iqtisodiy sanktsiyalar kiritgan edi.

Shundan so'ng ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.

Bundan oldinroq, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Erdo'g'an Rossiyaning Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisining halokati yuzasidan Putindan uzr so'ragani haqida bayonot bergandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031