Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Janubiy Koreya KXDRning to'g'onni ochib, suv toshqini yuzaga keltirishidan cho'chimoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 159           Дата: 27-06-2016, 10:34          
Janubiy Koreya KXDRning to'g'onni ochib, suv toshqini yuzaga keltirishidan cho'chimoqda

Janubiy Koreya KXDRning Imjingan daryosi yuqori qismidagi to'g'onni ochib, suv toshqini yuzaga keltirishidan cho'chimoqda. Bu haqida Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi xabar berdi.

"Bizning qurolli kuchlarimiz tegishli ma'lumotlarni yig'ib, manfaatdor davlat idoralari bilan uzviy hamkorlikni davom ettirishmoqda", - deya Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili Mun San Gyunning so'zlarini keltiradi agentlik.

"Biz mahalliy hukumatlar bilan birga aholi xavfsizligiga oid majburiyatlarimizni bajaryapmiz, shuningdek suv resurslari bilan shug'ullanuvchi kompaniyalarni bu borada ogohlantirdik", - deya izoh berdi mamlakatning Mudofaa vazirligi vakili. Uning so'zlariga ko'ra, Janubiy Koreya qurolli kuchlari zarurat tug'ilsa, kerakli yordam ko'rsatishga tayyor.

Joriy yilning may oyidan Xvangan to'g'onida KXDRni Janubiy Koreyadan ajratib turuvchi fuqarolik zonasidan 40 kilometr shimolda suvning yuqori darajasi qayd etilgan. To'g'on ochib yuborilsa, suv 40 daqiqa ichida Imjingan daryosining janubiy qismidagi Kunnam dambasiga etib boradi.

Agentlikning ta'kidlashicha, 16-17 may kunlari Shimoliy Koreya Xvangan to'g'onidan qisman suv qo'yib yuborgan va bu daryo sathining ko'tarilishiga sabab bo'lgan. Biroq, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, bu harakatlar KXDR tomonidan uyushtirilgan "suv zarbasi" sifatida baholanishi uchun etarlicha asos bo'la olmaydi.

foto:© RIA

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031