Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Finlyandiyada Evropa Ittifoqidan chiqish bo'yicha referendum o'tkazish uchun imzolar to'planmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104           Дата: 26-06-2016, 20:01          
Finlyandiyada Evropa Ittifoqidan chiqish bo'yicha referendum o'tkazish uchun imzolar to'planmoqda

Finlyandiyaning Evropa Ittifoqida a'zoligi bo'yicha referendum o'tkazish talab qilingan iltimosnoma Buyuk Britaniyadagi referendumdan keyin ommaviylashib bormoqda. Bu iltimosnomani "Chin finlar" tashkiloti etakchisi Sebastyan Tyunkkyunen internetda joylashtirdi.

26 iyun tungi paytga kelib iltimosnomaga 10380 kishi imzo qo'ydi. Bu orada Finlyandiya qonunlariga ko'ra, agar iltimosnoma 6 oy ichida 50 mingdan ko'proq imzo to'plasa, mamlakat parlamenti bu murojaatni ko'rib chiqadi.

Tyunkkyunenning fikricha, Evropa Ittifoqi Evropada faqatgina tartibsizlik keltirib chiqaradi. Uning fikricha, Finlyandiyada mamlakat "ozod bo'la olishi" uchun referendum o'tkazish lozim.

Bunday tashabbus mamlakatda 2013 yilda bildirilgandi, biroq o'shanda unga 30 ming kishigina imzo qo'ygan.

23 iyunda Buyuk Britaniyada mamlakatning Evropa Ittifoqidagi a'zoligi bo'yicha referendum o'tkazildi. Natijada evrointegratsiyaga qarshilar ko'pchilik ovoz to'pladi: 51,9 foiz britaniyaliklar mamlakatning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishiga ovoz berdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031