Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Buyuk Britaniyada yangi referendum o'tkazish bo'yicha petitsiya 3 mln kishining imzosini to'pladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 82           Дата: 26-06-2016, 20:00          
Buyuk Britaniyada yangi referendum o'tkazish bo'yicha petitsiya 3 mln kishining imzosini to'pladi

Buyuk Britaniyada mamlakatning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini aniq qilib qo'ygan referendum natijalarini qayta ko'rib chiqish haqida tuzilgan petitsiyani 1 kun ichida 3 milliondan ortiq kishi ma'qullab, o'z imzosini qoldirdi.

Bu petitsiya mamlakat parlamenti tomonidan ko'rib chiqilishi uchun 100 ming kishining imzosi ham kifoya qilardi.

«Biz, quyida imzo chekkanlar, hukumatni saylovchilarning 75 foizidan kamroq qismi ishtirok etgan taqdirda har ikki tomon ham 60 foizdan kam ovoz to'plasa, referendum qayta o'tkazilishi lozimligini belgilovchi qoidani qo'llashga chaqiramiz», — deyilgan ushbu hujjatda.

24 iyun kuni Brexit tarafdorlari London shahri meri Sodiq Xon nomiga petitsiya bilan chiqishgan va merdan Buyuk Britaniya poytaxtini mustaqil davlat sifatida e'lon qilishni talab etishgandi. Change.org saytiga joylangan ushbu murojaatga 160 mingdan ortiq kishi imzo qo'ygan.

Buyuk Britaniyaning EI tarkibidan chiqishi bo'yicha referendum 23 iyun kuni bo'lib o'tdi. Unda Brexit tarafdorlari minimal ustunlik bilan g'alaba qozondi: saylovchilarning 51,9 foizi EIdan chiqishni yoqlab ovoz berdi, 48,1 foizi bunga qarshi chiqdi.

London shahrida istiqomat qiluvchilarning 60 foizidan ortig'i referendumda mamlakatning EIda qolishini yoqlab ovoz bergandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031