Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Panama kanali ishga tushdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 233           Дата: 26-06-2016, 20:00          
Panama kanali ishga tushdi

Yakshanba kuni ta'mirlangan Panama kanalining ochilish marosimlari bo'lib o'tmoqda. To'qqiz yil davom etgan ta'mirlash ishlari yakunlandi. Bugungi tadbirda xorijlik mehmonlar ham qatnashmoqda. Ta'mirlangan kanaldan ilk bor Xitoyning konteynerovoz kemasi o'tdi.

Panama kanalini kengaytirish ishlari 2007 yilda boshlangan bo'lib, shartnomaga binoan 2015 yilga borib yakunlanishi kerak edi. Loyihaning umumiy qiymati 5,3 milliard dollar (4 milliard evro) deb belgilangan. Kengaytirilganidan keyin kanalning kemalarni qabul qilish imkoniyati ikki barobar ortadi.

Bugungi kunda Panama kanali orqali jaxon savdo yuklarining 5%, AQShga tegishli yuklarning 16% olib o'tiladi. Biroq taxlilchilar kanal zamon talablariga javob bermayotganini aytib kelishadi.

Kanal qurilishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning tarixi 500 yilga borib taqaladi. 1534 yilda Ispaniya qiroli Karlos V Atlantika va Tinch okeanlarini o'zaro bog'lovchi kanal qurilishi borasida farmoyish bergan edi. U Tinch okean soxillaridagi inklarga tegishli oltinlarni Atlantika okeani qirg'oqlariga olib kelish va undan keyin Ispaniyaga eltish maqsadida ikkita okeanni birlashtirishni orzu qilgan edi. Biroq qirolning bu orzusi oradan 350 yil o'tib amalga oshdi.

Okeanlarni o'zaro bog'lovchi kanal qurish loyihasi ilk bor XVI asr boshlarida Alvaro de Saavedra Sedron (yoki Seron) tomonidan ishlab chiqildi. Oradan ko'p o'tmay Ispaniya qiroli Filipp II Panamaga injener Antonellini jo'natadi. Biroq Antonelli Ispaniyaga quruq qo'l bilan qaytadi. Uning fikricha, baland tog'lar sabab Panamada kanal qurishning imkoni yo'q ekan.

Bu loyihaga XIX asr o'rtalarida yana qiziqish paydo bo'ldi. Frantsiyaning "Avgust Solomon va K°" firmasi xukumatga murojaat qilib, bu loyihani xayotga tatbiq qilish uchun mablag' topish va bu loyihaga Rossiyani ham jalb qilish zarurligini ma'lum qildi. Rossiya xukumati kanal qurilishi borasida Frantsiya bilan hamkorrlik qilishga tayyorligini bildirdi. Biroq masofaning uzoqligi va mablag' yo'qligi sabab hamkorlik qilishning imkoni bo'lmadi.

Yangi Granada xukumati 1838 yilning 30 may kuni qabul qilgan Dekretda bir qator shartlar belgilab qo'yildi. Unda ikkita okeanni bog'lovchi temir yo'l va avtomobil yo'llarini qurish Frantsiya kompaniyasiga topshirilishi va 10 yil mobaynida foydalanishga topshirilishi lozimligi ko'rsatib o'tiladi. 1846 yilda AQSh xukumati Yangi Granada xukumati bilan Bitim imzolaydi. Bu hujjatga ko'ra ikki okeanni bog'lovchi xar qanday yo'lak Yangi Granada tegishli ekani aytiladi. 1855 yilda mazkur xududda temir yo'l qurilib, foydalanishga topshiriladi. Biroq temir yo'lning foydalanishga topshirilishi mavjud muammolarni xal qilmadi. Endilikda dengiz kemalarining yo'lini yaqin qiluvchi kanal qurilishi kun mavzusiga aylandi.

Shuni ta'kidlash kerakki ikki okeanni bog'lovchi kanal Nigaragua xududlari orqali o'tishi ham loyihalashtirilgan edi. Biroq bu loyiha ancha qimmatga tushishi hisoblab chiqildi. Adolat yuzasidan aytish kerakki, Nikaragua xududlari orqali o'tadigan kanal bilan bog'liq masala hamon muxokama qilinib kelinadi.

Suvaysh kanali ijodkori bo'lmish frantsuz injeneri va diplomati Ferdinand de Lesseps (Ferdinand Marie vicomte de Lesseps) 1879 yilda “Okeanlararo kanal qurish umumkompaniyasi”ni tashkil qildi. Oradan ikki yil o'tib Panamada kanal qurilishi boshlab yuboriladi. Biroq moliyaviy qalloblik va ishdagi murakkabliklar tufayli uning kompaniyasi kasodga uchraydi. Bu mayda aktsiya egalarining g'azabini keltirib chiqardi. Tergov jarayonlaridan so'ng Lesseps va uning o'g'li Sharl 1893 yilning fevral oyida 5 yil ozodlikdan maxrum qilindilar. Kanal qurilishi to'xtab qoldi.

AQSh G'arbiy Yarim shar uchun bu kanalning juda ham muximligini yaxshi angab etadi va 1902 yilda frantsuzlardan kanal qurish xuquqini sotib oladi. 1903 yilning yanvar oyida AQSh kanal qurish borasida Kolumbiya bilan shartnoma imzolashga urinadi. Biroq Kolumbiya senati bu kabi bitimga qarshi chiqadi. O'sha yilning 3 noyabr kuni Panama Kolumbiya tarkibidan ajralib chiqib, o'zini mustaqil deya e'lon qiladi. Oradan ko'p o'tmay, to'g'rirog'i 18 noyabrda Vashingtonda AQSh va Panama o'rtasida Shartnoma imzolanadi. Unga ko'ra, Panama Atlantika okeanidan to Tinch okeanigacha bo'lgan - kengligi 10 mil (taxminan 16 kilometr) xududlarini kanal qurish va ekspluatatsiya qilish uchun AQShga berishi ko'rsatib o'tiladi. Ana shundan so'ng qurilish ishlari yana boshlab yuboriladi.

Tahlilchilarning so'zlariga qaraganda 400 million dollor sarflanib, 1914 yil o'rtalarida foydalanishga topshirilgan kanal qurilishiga 75 mingdan ortiq kishi jalb qilindi. Ulardan 20 mingi tuproq ostida qolib yoki tropik kasallik tufayli vafot etdi. Kanal orqali birinchi paroxod 1914 yilning 15 avgust kuni o'tdi.

1999 yilning 31 dekabriga qadar Panama kanali va uning yon-atrofi to'laligicha AQShga qarardi. Bu erga AQShning 35 mingga yaqin fuqorolari va xarbiylari joylashtirilgan edi. AQSh Panamaga xar yili 250 ming dollar miqdorida ijara xaqi to'lab turardi. AQShdagi siyosiy vaziyat va Panama prezidenti general Omar Torrixos (Omar Efraín Torrijos Herrera)ning sa'y-xarakatlari bilan 1977 yilning 7 sentyabrida Panama kanalining maqomi bo'yicha Shartnoma imzolanadi. Jimmi Karter va Omar Torrixos imzolagan hujjatga ko'ra, kanal 1999 yilning 31 dekabr kuni Panama tasarrufiga o'tishi belgilab qo'yildi. AQShning eng so'ngi askari Panama kanalini 1999 yilning 1 dekabr kuni tark etdi.

Panama kanalidan bir kunda o'rtacha 50ta, bir yilda 14 mingta kema o'tadi. Har bir kemaning kanaldan o'tishi uchun 8-9 soat sarflanadi. Panama kanalida 10 mingga yaqin ishchi va xodim ishlaydi. 2006 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan referendumda kanalni kengaytirish borasida qaror qabul qilindi. Bu ish to'rtta- Sacyr Vallehermoso (Ispaniya), Impregilo (Italiya), Jan de Nul (Belgiya) va Constructora Urbana (Panama) kompaniyalaridan tashkil topgan konsortsiumga topshirildi. Loyiha xarajatlari - $5,25 milliard dollar deb belgilandi. Bu mablag'ning 2,3 milliard dollari kredit ekani ko'rsatib o'tildi. Kanal kengaytirilishi uchun 7 mingdan ortiq kishi qurilish ishiga jalb qilindi.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031