Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Inglizchasiga xayrlashuv

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 131           Дата: 25-06-2016, 20:29          
Inglizchasiga xayrlashuv

28-29 iyun kunlari Evropa Ittifoqiga a'zo mamlakat rahbarlarining sammiti bo'lib o'tadi. Unda Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi saflaridan chiqishi bilan bog'liq masala muhokama qilinadi. Evropa Ittifoqi tuzilmalarining rahbarlari Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan referendumda mamlakatning Evropa Ittifoqi saflaridan chiqishi borasida qabul qilingan qarordan afsusda ekanini aytishmoqda. Endilikda Evropa rahbarlari Buyuk Britaniya bilan aloqalar qay yo'sinda yo'lga quyilishi borasida o'ylashlari kerak bo'ladi.

Kuzatuvchilarning fikricha, avvaliga Bryusselda referendum natijalari shunday yakunlanishiga hech kim ishonmagan edi. Chunki Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqiga a'zoligi saqlanib qolishi uchun o'tkazilgan tashviqot ishlariga katta kuch tashlangan edi. Evropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning rahbarlari bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o'tkazgan muzokoralarida ular referendum natijalari qanday bo'lishidan qatiy nazar uni qo'llab-quvvatlashlarini aytishgan. Buning uchun Devid Kemeron ularga minnadorchilik bildirdi. Juma kuni Britaniya bosh vaziri Evropa Kengashi prezidenti Donald Tusk, Evrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Frantsiya prezidenti Fransua Olland, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi, Irlandiya bosh vaziri Enda Kenni va Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatlashdi. Ularning hammasi bundan keyin ham Buyuk Britaniyani qo'llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

Shu bilan birga Evropa Ittifoqi tuzilmalarining rahbarlari britaniyaliklarning qarorini xurmat qilishlarini ta'kidlashmoqda. Ular “endilikda Evropa Ittifoqi Buyuk Britaniya bilan aloqalari qanday bo'lishi kerak?” degan masalani muhokama qilishmoqda. Evrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker, Evropa Kengashi raisi Donald Tusk, Evroparlament spikeri Martin Shults va Evropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte qo'shma bayonot qabul qildilar. Unda Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi saflaridan chiqishi bilan bog'liq jarayon cho'zilib ketmasligi aytiladi.

Evropa Ittifoqi saflaridan chiqqaniga qaramay Buyuk Britaniya jaxondagi etakchi kuchlardlan biri bo'lib qolaveradi. Bu xaqda Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Mettyu Raykroft bayonot berdi. Uning aytishicha, mamlakatni Evropa Ittifoqi saflaridan chiqish jarayonlari ikki yil davom etishi mumkin. Shu davr maboynida Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqining to'laqonli a'zosi bo'lib qolveradi.

Ayni damda “Ittifoq saflaridan chiqishi borasida London qachon rasman murojaat qiladi?”, degan savol o'rtaga tashlanmoqda. Tahlilchilar bu jarayon imkon qadar tezroq boshlanib, tezroq yakunlanishi lozimligini ta'kidlashadi. Muzokoralar cho'zilib ketgudek bo'lsa, u holda Evropadagi siyosiy va moliyaviy barqarorlikka ziyon etishi mumkin ekan.

Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi o'rtasidagi munosabatlar xuquqiy va savdo-sotiq nuqtai nazaridan o'zgarmaydi. Lissabon Bitimining 50 moddasi Muzokoralar jarayoni tugagunga qadar amalda bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Bitimning 50 moddasiga ko'ra Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi saflaridan chiqishi borasida rasman ariza berishi kerak. Ariza berilgandan keyin muzokoralar jarayoni ikki yil davom etadi. Ayni shu muddat tugaganidan keyingina Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan rasman chiqqan bo'ladi. Biroq ikki yildan keyin muddat yana uzaytirilishi mumkin. Hozircha London Evropa Ittifoqiga ariza bilan rasman murojaat qilmadi. Qachon ariza berishi ham noma'lum. Shu sababli ham Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqining a'zosi sifatida o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarib turibdi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, 50 moddaga binoan Evropa Ittifiqini tark etgan mamlakat ma'lum muddat o'tgach, yana qaytadan a'zo bo'lib kirish uchun ariza berishi mumkin.

Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi saflaridan chiqishiga qarshi bo'lganlar yana qaytadan referendum o'tkazilishi lozimligini ta'kidlashmoqda. Buning uchun imzo to'plash boshlandi. Ularning fikricha, saylovda ovoz berish xuquqiga ega bo'lganlarning 75 foizi ishtirok etgan va ularning 60 foizidan kamrog'i u yoki bu qarorni qo'llab-quvvatlaganda joriy etiladigan qoidalar ishga tushirilishi lozim. Bu qoidalarga ko'ra yana bir ovoz berish tadbirini o'tkazish mumkin. Ayni damda mazkur petitsiyaga zarur bo'lgan imzodan 100 mingta ko'p, ya'ni 515 ming 811 kishi imzo chekdi.

Buyuk Britaniyaning Evrop Itifoqi tarkibidan chiqishi borasida qabul qilingan qaror bu bosh vazir Devid Kemeronning shaxsiy xatosi oqibatida yuz berdi. Bu xaqda Sifrli iqtisod va jamoatchilik bo'yicha evrokomissar Gyunter Ettinger Euronews telekanaliga bergan intervyusida ta'kidlab o'tdi. Uning aytishicha, referendumda qabul qilingan qaror Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga zarar etkazadi. Ya'ni Evropa Ittifoqi saflaridan chiqqan Buyuk Britaniya Evropa umumiy bozorini ham tark etadi. To'g'ri, referendum tavsiya ahamiyatiga ega bo'lib, xukumat bu masalani parlament xukmiga taqdim qilishi mumkin. Parlament esa xalq fikrini inobatga olishi yoki olmay o'z qarorini chiqarishi ham mumkin. Shuningdek, qaytadan referendum o'tkazilishi xam mumkin. Biroq bosh vazir Devid Kemeron Evropa Ittifoqi saflaridan chiqish borasidagi xalq fikrini inobatga olishga va'da berdi.

Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifqi saflaridan chiqishi oxir oqibat Ittifoqining mustaxkamlanishiga sabab bo'ladi. Bu xaqda Sloveniya bosh vaziri Miroslav Serar bayonot berdi. Uning fikricha, avvaliga xalqaro moliya bozorlarida noaniqliklar kuzatilishi mumkin. Keyin esa Evropa Ittifoqi jipslashadi va yangilanadi. Bosh vazir o'z so'zida Sloveniya hamisha Evropa Ittifoqining mustahkamlanishi tarafdori bo'lib kelganini ta'kidlab o'tdi.

23 iyun kuni Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan referendum natijalari mamlakatning tarkibiy qismi bo'lmish Shotlandiyada noxushlik bilan kutib olindi. Ma'lumki, Shotlandiya o'z kelajagi Evropa Ittifoqi bilan bog'lanishini hohlaydi. Shu sababli Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida yana referendum o'tkazilish ehtimoli bor degan fikrlar o'rtaga tashlanmoqda. Bu haqda mintaqa xukumati rahbari Nikola Sterdjen ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, 2014 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan referendumda saylovchilarning 55 foizi mustaqillikka qarshi ovoz bergan edi. O'shanda ovoz beruvchilarning ko'pchiligi Shotlandiyaning Evropa Ittifoqidan ajralib chiqishini xohlamagan edi. Endi aholi o'z fikrlarini o'zgartirshi mumkin.

Shimoliy Irlandiya xam Shotlandiyadan o'rnak olgan holda Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish borasida referendum o'tkazishi mumkin. Bu xaqda Buyuk Britaniyadagi Politics First jurnalining bosh muharriri Markus Papadopulos ma'lum qildi.

Ispaniyadagi o'ng Respeto ("Xurmat") partiyasi mamlakatda Evropa Ittifoqiga a'zolik masalasida referendum o'tkazilishi lozimligi yuzasidan bayonot berdi. Bu kabi referendumlar Frantsiya, Niderlandiya, Avstriya, Vengriya va Finlyandiya ham o'tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.

O'n bir muqaddam Evropa integratsiya tarixida yangi jarayon boshlangan edi. 2004- 2007 yillarda Evropa Ittifoqi chegaralari Polsha, Vengriya, Chexiya va Boltiqbo'yi mamlakatlarining qo'shib olinishi hisobiga sharq tomon, Kipr, Bolgariya, Ruminiya, Maltaning qo'shilishi hisobiga janub tomon kengaydi. Endi esa Evropa Ittifoqi saflaridan chiqish jarayonlari boshlangandek.

Evropa Ittifoqiga a'zolik masalasida intihoning ibtidosimi yoki ibtidoning intihosimi, buni vaqt ko'rsatadi.

Sharofiddin To'laganov.

Surat gursesintour.com

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031