Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Usmonov dunyodagi eng katta yaxta egasiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 713           Дата: 25-06-2016, 20:29          
Alisher Usmonov dunyodagi eng katta yaxta egasiga aylandi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov dunyodagi eng katta yaxta egasi bo'ldi. Mutaxassislar uning narxini 600 mln dollarga baholashmoqda.

Lurssen nemis verfi Usmonovning yangi, Dilbar deb nomlangan 156 metrlik superyaxtasining umumiy sig'imdorligi 15917 tonnani tashkil qilishini tasdiqladi. Bu haqda Yacht Harbour xabar bermoqda.

Shu tariqa, Dilbar ayni vaqtda dunyodagi eng shinam, keng xususiy yaxta bo'lmoqda.

Bu borada 2- va 3-o'rinni, mos ravishda, Ummon sultoniga tegishli Al Said (15850 tonna) va Abu-Dabi amiriga tegishli Azzam (13136 tonna) yaxtalari egallamoqda. Ularning barchasi Lurssen verfida qurilgan.

Usmonovning onasi ismiga atab qo'yilgan yaxta unga soatiga 42 km tezlik bilan harakatlana olishga imkon beradigan dizel-elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan.

Yaxta korpusi po'latdan, ustqurmalari alyuminiydan ishlangan, ichki xonalar umumiy maydoni 3800 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, kema ichida ishlatilgan elektr simning uzunligi 1100 km ni tashkil qiladi. Yaxta narxi oshkor qilinmagan, biroq mutaxassislar uni 600 mln dollarga yaqin baholashmoqda.

Dengiz atamasida umumiy sig'imdorlik maxsus o'lchash qoidalariga ko'ra aniqlanadigan kema xonalari hajmi hisoblanadi. Bunda yuqori paluba, ustqurmalar va rubkalardagi barcha xonalar, yoqilg'i va ballast tsisternalar hajmi hisobga olinadi.

Usmonov Dilbar yaxtasidan tashqari, 110 metrli Ona superyaxtasiga ham ega.

Lurssen Werft Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan kemasozlik kompaniyasi hisoblanadi. 1875 yilda tashkil topgan, superyaxtalar, harbiy kema va maxsus vazifalarni bajaruvchi kemalarni qurishga ixtisoslashgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн