Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog'istonda kuydirgi kasali avj olgan qishloq handaq bilan to'sildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 841           Дата: 25-06-2016, 00:32          
Qozog'istonda kuydirgi kasali avj olgan qishloq handaq bilan to'sildi

Qozog'istonning Qarag'anda viloyatidagi kuydirgi kasalligi avj olgan Erkindik aholi punktining atrofida jonivorlarning o'tishiga to'sqinlik qiluvchi handaq qazildi. Bu haqida Qozog'iston qishloq xo'jalik vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Qarag'anda viloyatining Erkindik qishlog'ida to'qqiz nafar kishida kuydirgi kasalligi gumon qilinib, infektsion kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorlarning ikki nafari hayotdan ko'z yumgan. Viloyat veterinar labaratoriyasi so'yilgan sigir go'shti namunasini o'rganib chiqib, "kuydirgi" tashxisini tasdiqladi.

"Veterinar nazorat ostida bo'lishi kerak bo'lgan jonivorlar va mahsulotlarning qishloqdan tashqariga chiqishini bartaraf etish maqsadida aholi punktiga kiraverishda dezinfektsiyani to'suvchi ikkita nazorat posti o'rnatildi, bu erda tun-u kun navbatchilik yo'lga qo'yildi, FV va tuman politsiya bo'limi hodimlari jalb qilindi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Idorada ta'kidlanishicha, aholi punktidagi 21 ming kvadrat metr maydonda dezinfektsiya amalga oshirilgan.

"Epizootik o'choq hududida viloyat va tuman miqyosidagi 28 nafar mutaxassis, oltita maxsus texnika ishga tushirildi. Qishloq ahli yig'ilib, ular bilan yuzaga kelgan vaziyat va xavf-xatar, shuningdek jonivorlar bilan muloqot qilganda ehtiyotkorlik choralari ko'rilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi", - deya ma'lum qildi matbuot xizmati.

7 iyun kuni Erkindik qishlog'idagi 5 nafar kishi (bir oilaning a'zolari) veterinar ko'rigidan o'tkazmasdan kasal sigirni majburiy so'yishgan. O'sha kunning o'zidayoq uning go'shti qishloqda yashovchi 11 kishiga sotilgan. 11-14 iyun oralig'ida zararlangan go'shtni iste'mol qilgan 9 kishi kasallangan, ulardan sakkiz nafari - Erkindikda istiqomat qiluvchilar, yana biri esa qishloqqa qarindoshlarnikiga mehmonga kelgan kishi bo'lgan.

© RIA Novosti

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн