Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ramazon oyi munosabati bilan BAA Osiyo va Afrikadagi ichimlik suvi muammosini hal qilishga yordam beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 671           Дата: 30-06-2014, 23:21          

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo va Afrikada ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan besh million odamga yordam ko‘rsatish bo‘yicha xayriya kampaniyasi boshlandi, deya xabar beradi “Kun” Agence France-Presse axborot agentligining ma’lumotiga asoslanib.

Kampaniya 28-iyun, shanba kuni start olgan bo‘lib, hozirgacha asosan yetakchi kompaniyalar yordami bilan 33,5 million dirham (9,1 million dollar va 6,7 million yevro) to‘plangan. Xayriya maqsadida pul yig‘ish kampaniyasi 17-iyulga qadar davom etadi va BAA hukumati boshqa shirkatlarni ham unda faol ishtirok etishga chaqirmoqda.

Ushbu xayriya kampaniyasi musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu oyda xayr-ehson qilish eng maqbul ishlardan biri hisoblanadi.

Khaleej Times’ning yozishicha, BAA Qizil Yarimoy jamiyati o‘n mamlakatda, xususan, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Niger, Somali, Gana, Sudan, Indoneziya, Togo va Iroqda ichimlik suvi quduqlarini qazishni boshlagan.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, neftga boy BAA davlati 2009—2013-yillar davomida jahonning 61 mamlakatidagi ichimlik suvi muammolarini bartaraf etishga yordam sifatida 1,014 milliard dirham ajratgan.

Manba: Daryo.uz




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн