Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shotlandiya mustaqillik haqida referendum o'tkazishga tayyorlanmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124           Дата: 24-06-2016, 18:02          
Shotlandiya mustaqillik haqida referendum o'tkazishga tayyorlanmoqda

Shotlandiya hukumati mustaqillik haqida referendum o'tkazish uchun qonunchilik bazasi ishlab chiqishga kirishadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikola Sterjen ma'lum qildi.

Sterjenning so'zlariga ko'ra, hujjatlarni tayyorlashdan oldin parlament bunday referendum Shotlandiyaning EI tarkibida va yagona Evropa bozorida qolishi eng yaxshi yo'l ekani haqida qarorga kelishi kerak.

Shotlandiya aholisining katta qismi 23 iyun kungi referendumda Birlashgan qirollikning EIda qolishi uchun ovoz berdi. Xususan, shotlandlarning 62 foizi ittifoq tarkibida qolishni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, 38 foizi bunga qarshi chiqdi.

Bundan oldinroq Nikola Sterjen Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqishi bo'yicha referendum natijalaridan qat'i nazar, Shotlandiya o'zini Evropa Ittifoqi a'zosi sifatida ko'rayotganini ma'lum qilgandi.

"Shotlandiya o'z kelajagini Evropa Ittifoqi doirasida ko'rayotganini ochiq bildirdi. Shotlandiya o'z so'zini aytdi va bu so'zni qat'iy ohangda aytdi", degandi Sterjen.

Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan mustaqil bo'lish haqidagi referendum 2014 yilda ham o'tkazilgandi. O'shanda ishtirokchilarning 50 foizdan ortiqrog'i Shotlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibida qolishini yoqlashgandi.

23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning Evropa Ittifoqi tarkibida qolish-qolmasligi masalasida referendum o'tkazildi. Brexit tarafdorlari, ya'ni, Ittifoq tarkibidan chiqish istagidagilar 51,9 foiz ovoz (17,1 million kishi) bilan g'olib chiqdi. Referendumda davomat 72,1 foiz bo'ldi.

Ovoz berish natijalari to'g'risidagi yangiliklar ortidan fond birjalarida qulashlar kuzatildi, funt sterlingning dollarga nisbatan kursi so'nggi 30 yil davomida eng past qiymatga tushdi.

Referendum natijalari e'lon qilingach, mamlakat bosh vaziri, EIda qolish tarafdori bo'lgan Devid Kemeron iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi.

Referendum yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega emas, ya'ni hukumat mamlakat taqdirini mustaqil hal qilishi mumkin. EI tarkibidan chiqish qarori tasdiqlanganida ham, mamlakat ittifoq tarkibidan to'liq chiqishi uchun bir necha yillar kerak bo'ladi: London EIning har bir a'zosi bilan alohida yashash shartlarini kelishib olishiga to'g'ri keladi.

Shimoliy Irlandiyada Britaniyadan ajralib chiqish bo'yicha referendum o'tkazilishi mumkin

Foto: GETTY

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031