Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kolumbiya prezidenti va inqilobchilar etakchisi tinchlik sulhini imzolashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 444           Дата: 24-06-2016, 07:04          
Kolumbiya prezidenti va inqilobchilar etakchisi tinchlik sulhini imzolashdi

Kolumbiya hukumati va Kolumbiyaning nqilobiy qurollangan kuchlari (FARC) Kuba poytaxti Gavanada o't ochish va harbiy harakatlarni to'xtatish haqidagi ikki tomonlama va yakuniy kelishuvni imzolashdi. Bu kelishuv qurolni tashlash, xavfsizlikning kafolatlanishi va jinoiy tashkilotlarga qarshi kurashni ko'zda tutadi.

Ushbu hujjatning asosiy bandlari orasida o't ochishni batamom tugatish, siyosatda qurolni ishlatishni taqiqlovchi yangi madaniyatni rivojlantirishga ko'maklashish, kelishuv imzolangandan keyin 180 kunlik muddat ichida qurolsizlantirishni ta'minlash uchun "yo'l xaritasini" ishlab chiqish bor.

Shu bilan birga kelishuvga amal qilinishi bo'yicha Kolumbiya hukumati, FARC va Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatiga a'zo davlatlar kuzatuvchilari bilan BMT vakillari kiradigan uch tomonlama mexanizm o'rnatiladi.

Mutaxassislarning fikricha, hujjatning imzolanishi 50 yildan ko'proq davom etuvchi va 260 ming kishining umriga zomin bo'lgan mojaroning tomonlarini bir-biriga avval hech qachon bo'lmagandek yaqinlashtirdi. Adovat oqibatida 45 ming kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanadi, o'z uyini tark etgan odamlar soni esa 6,9 mln kishini tashkil qiladi. Kolumbiya hukumati va FARC o'rtasidagi qarama-qarshilikda boshqa isyonchi tashkilotlar, qurollangan otryadlar, giyohvandfurushlar guruhlari va kuch tuzilmalari ishtirok etib kelgan.

Tinchlik sulhining imzolanishi marosimida FARC etakchisi Timoleon Ximenes va Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos hamda tinchlik jarayoniga guvoh davlatlar vakillari sifatida Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi Raul Kastro va Norvegiya tashqi ishlar vaziri Byorge Brende ishtirok etdilar.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн