Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoy sharqidagi quyun 78 kishining umriga zomin bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90           Дата: 24-06-2016, 06:49          
Xitoy sharqidagi quyun 78 kishining umriga zomin bo'ldi

Xitoyning Yanchen shahri va sharqiy viloyatlaridagi boshqa hududlarda yarim asr ichida sodir bo'lgan eng kuchli quyun oqibatida halok bo'lganlar soni 78 kishiga etdi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, yana 500 kishi jarohat olgan.

Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, 200 ga yaqin jabrlanganlar o'ta og'ir jarohatlar olgan va ularning ahvollari juda og'ir. Ayni vaqtga kelib qidiruv-qutqaruv operatsiyasi hali yakunlanmagan, shuning uchun hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bir qator aholi punktlarida elektr ta'minoti uzilgan.

Quyun Szyansu viloyatining bir necha hududlariga kuchli jalalar va do'llar bilan yopirilgan. Guvohlarning aytishicha, shamol avtomobillarni to'ntarib, daraxtlarni qo'porib, tomlarni uchirib yuborgan. Hukumat jabrlangan hududlarga insonparvarlik yordamini, jumladan minglab chodirlar va 2 ming karavot jo'natgan.

China Daily gazetasining ma'lum qilishicha, quyun ikkita zavodni ham vayron qilgan. Nashrning ta'kidlashicha, zavodlarda "xavfli kimyoviy moddalar" saqlangan, biroq hozirda fojia oqibatida bu moddalarning atrof-muhitga sizib chiqishi yuz berganligi noma'lumligicha qolmoqda.

Ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko'ra, shamolning ba'zi hududlardagi tezligi 35 m/soniyani tashkil qilmoqda. Yanchen shahridagi bu quyun 1966 yildan beri eng kuchlisi bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн