Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Davlat departamenti Suriyaga «yugoslaviya stsenariy»si bo'yicha havo zarbalari berishni taklif qilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 155           Дата: 23-06-2016, 18:36          
OAV: Davlat departamenti Suriyaga «yugoslaviya stsenariy»si bo'yicha havo zarbalari berishni taklif qilmoqda

AQSh Davlat departamenti Suriya hukumat qo'shinlariga "Yugoslaviya stsenariysi" bo'yicha havo zarbalari berish g'oyasini ilgari surayapti, deb yozmoqda The New York Times nashri. Gazeta o'tgan haftada Davlat departamentining 50dan ortiq xodimi imzolagan va prezident Barak Obamaga yo'llangan maktub nusxasini qo'lga kiritgan.

«Biz AQShning Suriyada masofadan boshqariladigan va havo qurollaridan foydalangan holda harbiy amaliyotlar o'tkazishda faolroq bo'lishida ma'no bor, deb o'ylaymiz. Bu, o'z navbatida, AQSh rahbarligida maqsadli va agressiv diplomatik jarayonni o'tkazishga imkon bergan va turtki bergan bo'lar edi», — deyiladi maktubda.

Izoh berilishicha, gap Suriya armiyasining javob berishiga imkon qoldirmaydigan hamda uzoq masofadan uchiriladigan qanotli raketalar haqida bormoqda.

NYTning qayd etishicha, AQSh etakchiligidagi NATO koalitsiyasi 1999 yilda Yugoslaviyada o'tkazgan harbiy amaliyoti chog'ida qo'llagan shunday choralari, Yugoslaviya hukumatini Kosovoning mustaqillik e'lon qilishi bilan yakunlangan muzokaralarni boshlashga majbur qilgan edi.

Biroq maqola muallifining fikricha, Suriyada bu kabi choralar yordam bermasligi mumkin. Chunki Rossiya va Eron ushbu davlatdagi jarayonlarga faol aralashmoqda. Ular Amerika zarbalariga nisbatan Suriya kuchlarini qo'llab-quvvatlash choralarini kuchaytirishlari ehtimoli yuqori.

Bundan tashqari, IShIDga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun ham Suriya armiyasiga zarbalar berish lozim. Shunda muxolifat kuchlari bor kuchini zaiflashgan hukumat qo'shinlariga emas, IShIDga qarshi kurashga qaratadi.

NYT nashriga ko'ra, bu holda Suriyadagi turli guruhlar hokimiyat uchun o'zaro kurashni avj oldirib yuborishi ham turgan gap. Axir Afg'onistondagi 1992 yil, Liviyadagi 2011 yilgi voqealar buning isboti bo'la oladi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн