Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nazarboev ShHTning ahamiyati va yadroviy xavf haqida gapirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 139           Дата: 23-06-2016, 18:35          
Nazarboev ShHTning ahamiyati va yadroviy xavf haqida gapirdi

Toshkentdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti boshlanishi arafasida Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev Rossiyadagi "Rossiya 24" telekanaliga intervyu berdi va ShHT tuzilishidan maqsad, uning ahamiyati haqida, shuningdek, yadroviy xavf haqida gapirib o'tdi.

"Shanxay hamkorlik tashkilotini Evroosiyodagi juda muhim tashkilot deb bilaman. Tashkilotning vazifalaridan asosiylari, birinchidan mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlash, ikkinchidan - iqtisod, uchinchidan gumanitar yo'nalishda hamkorlikni ta'minlash", degan prezident TASS axborot agentligi bosh direktorining birinchi o'rinbosari Mixail Gusmanga bergan intervyusida.

U yadro xavfsizligi masalasiga alohida to'xtalgan.

"Biz bu yili poligon yopilganining 25 yilligini qayd etib o'tishni istaymiz. Olimlar va siyosatchilarni insoniyatga katta xavf solib turgan muammoga e'tibor qaratishga taklif etamiz. 15 ming yadro kallaklari sayyoramizni necha marta yo'q qilib yuborishga qodirligi haqida hech kim o'ylab ko'rmayapti.

Ekologik falokatlar, iqlim isishi va boshqa o'zgarishlar haqida gaplashamiz. O'ylaymanki, bu juda muhim masala va barcha bu haqida qayg'urishi kerak", deya qayd etgan Nazarboev.

Nazarboevning aytishicha, AQSh sa'yi harakatlari bilan Tinch okeani va Transatlantika mintaqalarida erkin savdo hududlarning tashkil etilishi, Evroosiyo mamlakatlarida muqobil iqtisodiy blokni shakllantirish masalasini kun tartibiga chiqargan.

"Agar AQSh Tinch okeani va Transatlantika mintaqasida erkin savdo hududini tuzsa, biz o'rtada qolib ketamiz. Shu sababli bu erda uchinchi iqtisodiy hamjamiyat, ulkan va o'ta muhim bo'lgan uchinchi uyushma paydo bo'lmoqda", degan u.

Bugun, 23 iyun kuni Toshkentda ShHT sammiti ochiladi. Unda 11ta hujjat imzolanishi kutilmoqda. Shulardan eng muhimi tashkilotga asos solinganining 15 yilligi munosabati bilan imzoladigan "Toshkent deklaratsiyasi" bitimidir.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн