Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Britaniyada EIdan chiqish masalasi bo'yicha referendum boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 23-06-2016, 12:38          
Britaniyada EIdan chiqish masalasi bo'yicha referendum boshlandi

Buyuk Britaniyada 23 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00) qirollikning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi bo'yicha referendumda ovoz beruvchilar uchun saylov uchastkalari ochildi.

The Independent xabariga ko'ra, uchastkalar yarim tungacha (mahalliy vaqt bilan soat 02:00gacha, Toshkent vaqti bilan 24 iyun, soat 06:00) ochiq bo'ladi va keyin ovozlarni hisoblash boshlanadi. Yakuniy natijalar 24 iyun kuni tongida markaziy shtab joylashgan Manchester shahrida e'lon qilinadi.

Referendumda saylovchilar (46,5 million kishi, shundan 24,1 ming kishi Gibraltarda) "Buyuk Britaniya qirolligi Evropa Ittifoqi tarkibida qolishi kerakmi?" (Vote Leave - Chiqish, Remain - Qolish) savoliga javob qaytarishlari kerak bo'ladi.

Saylov uchastkalarida saylov komissiyasi vakillari hamda kuzatuvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

Ovoz berishlar oldidan o'tkazilgan ijtimoiy so'rovlar natijalariga ko'ra, qirollik EI tarkibida qolishini yoqlovchilar soni nisbatan ko'proqni tashkil qilmoqda.

22 iyun kuni Times nashri buyurtmasiga ko'ra so'rov o'tkazgan YouGov firmasi ma'lumotiga ko'ra, britaniyaliklarning 51 foizi Buyuk Britaniyaning EIdan chiqishiga qarshi, 49 foiz so'raluvchi "ha" deb javob bergan. Bu firma o'tkazgan avvalgi so'rovnomada ishtirokchilarning ko'pchilik qismi EIda qolishga qarshi chiqqandi.

Britaniyaning EIdan chiqishiga qarshilar - hukumat a'zolari va yirik tadbirkorlar hisoblanishadi. Ular EIdan chiqilsa, iste'mol mahsulotlari narxi hamda soliqlar oshishi ortidan iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishidan xavfsirashmoqda. Ular referendum arafasida tashviqot kampaniyalarini kuchaytirishdi. Brexit tarafdorlari o'z muxoliflarini aholini qo'rqitish va axborot manipulyatsiyasida ayblamoqda.

Mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron Evropa Ittifoqi tarkibida qolish tarafdorlari boshida turibdi. U 2015 yilning mayida qayta saylanganida shu haqda va'da bergandi. U mamlakatni blok tarkibida saqlab qolish uchun faol ravishda harakat qilib kelmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн