Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiya davlat dumasi 2018 yilgi jahon chempionatiga keladigan muxlislarga vizasiz kirish haqidagi qonunni imzoladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 159           Дата: 23-06-2016, 06:05          
Rossiya davlat dumasi 2018 yilgi jahon chempionatiga keladigan muxlislarga vizasiz kirish haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya davlat dumasi 3-o'qishda xorijiy muxlislarga Rossiyaga 2018 yilgi jahon chempionatiga muxlisning personallashgan kartasi, yoki boshqacha muxlis pasporti (fan-ID) sifatida ma'lum bo'lgan hujjat bilan kirishlariga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qildi, bunda viza talab qilinmaydi.

Ushbu chora jahon chempionatining birinchi uchrashuvi o'tkaziladigan sanadan 10 kun oldin amal qiladi va oxirgi uchrashuvidan 10 kun keyin amal qilishi to'xtaydi. Fan-ID’dan tashqari, "shaxsni bildiruvchi va bu sifatida Rossiyada tan olinuvchi hujjat" hamda uchrashuvga kirish chiptasi yoki uni olishga huquq beruvchi hujjat taqdim qilinishi kerak bo'ladi.

Jahon chempionati tadbirlarida ishtirok etuvchi xorijliklar hamda FIFA ro'yxatiga kiritilgan futbolchilarning vizasiz tartibi vizani soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish bilan o'zgartiriladi. Xususan, bu fuqarolarga Rossiya tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan qarorlar, "Rossiya-2018" tashkiliy qo'mitasining iltimosi asosida hujjatlar topshirilgandan keyin uch ish kuni ichida va bu shaxslar FIFA ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, konsullik yig'imisiz rasmiylashtiriladi. Bu tartib 2018 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Shu bilan birga tadbirlarda ishtirok etuvchi va sport musobaqalarining ishtirokchilari hisoblanmaydigan xorijliklar Rossiyaga ko'p marotabalik oddiy ishchi vizalar bilan kirib-chiqib ketaveradilar. Bu vizalar bir yilgacha muddatga, keyinchalik tashkiliy qo'mita iltimosi bilan uzaytirilish imkoniyati bilan beriladi.

FIFA, uning sho''ba tashkilotlari va kontragentlari, konfederatsiyalar, milliy uyushmalar, Rossiya futbol ittifoqi, "Rossiya-2018" tashkiliy qo'mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijliklar Rossiyada patent olmagan holda ishlay oladilar.

Muxlislar, volontyorlar va FIFA ro'yxatiga kiritilgan shaxslar shahar ichida va shahar atrofida harakatlanuvchi avtobuslar, trolleybuslar, elektrichkalardan sport musobaqalari o'tadigan yo'nalishlar bo'yicha hamda metrodan bepul foydalana oladilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн