Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 851           Дата: 23-06-2016, 06:05          

Mamlakat bayrog'i bu oddiygina timsol emas, balki butun bir mafkura hisoblanadi. Ular mamlakatning tarixi va mafkurasi haqida aytib turadi. Ko'pchilik bayroqlarga joylangan ma'noni tushinmaydi. Quyidagi o'n mamlakat bayroqlaridagi ma'nolarni misol sifatida ko'rishingiz mumkin.

Xitoy

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Xitoyning qizil bayrog'i kommunistik revolyutsiyani anglatadi. Tilla yulduzlar kommunizmning birlamchi tizimini aks ettiradi. To'rtta kichik yulduzlar esa mamlakatda turli xil ijtimoiy qatlamlar mavjudligini bildiradi.

Botsvana

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Bu bayroq qora markaz, oq rangdagi ikki chiziq, tepa va pastki qismdagi yorqin ko'k rangli chiziqdan iborat. Qora va oq rang uyg'unlik, ko'k rang esa mamlakatning suvga qaramliligini bildiradi.

Birlashgan Arab amirliklari (BAA)

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

BAA bayrog'iga 1971 yilda asos solingan bo'lib, undagi oq rang tinchlik va halollikni anglatadi, qora esa dushmanlarni qo'rqitish maqsadida, qizil rang esa jasorat va bahodirlik, yashilrang esa umid va optimistlikni bildiradi.

Braziliya

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Braziliya bayrog'idagi 27 yulduz mamlakat shtatlarini aks ettiradi va tungi osmonda yulduzlar qay tariqa joylashgan bo'lsa, aynan shunday sxemada tuzilgan. Yashilrang o'rmonni, sariq mamlakat olmos zahiralarini anglatadi.

Hindiston

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Hindiston bayrog'ining rangi hind dini turfa xilligini anglatadi. Olovrang jasorat timsoli bo'lib, hindlar va buddistlar uchun muhim rang sanaladi. Oq poklik, yashilrang esa iymon va unumdorlik ramzi sanaladi. Markazdagi aylana qadimiy Ashoka Chakra timsoli bo'lib, u Qonun g'ildiragi deb ham nomlanadi.

Livan

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Livan bayrog'i tepa va pastki qismda ikki qizil chiziqqa ega bo'lib, ular ozodlik uchun to'kilgan qonni anglatadi. Oq rang tinchlik va tog' cho'qqilaridagi qorni, yashil kedr daraxti esa abadiy hayot ramzini bildiradi.

Shimoliy Koreya

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Shimoliy Koreya bayrog'ida qizil rang va yulduz davlat mafkurasini anglatadi. Oq chiziqlar poklikni bildiradi, havorang chiziqlar esa tinchlik ramzi hisoblanadi.

Avstraliya

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Avstraliyada 1901 yili davlat bayrog'i yaratilganida mamlakat Britaniya imperiyasi tarkibiga kirishini anglatish uchun Yunion Jek qo'shilgan. Ko'k fon mustamlaka xalqlar bayroqlarining umumiy mavzusi sanaladi. Olti qirrali yulduzlar Avstraliyadagi oltita shtatni aks ettiradi.

Janubiy Afrika

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

1994 yil mamlakatda demokratiya o'rnatilganidan so'ng yangi davlat birligi va xilma-xilligini ifodalovchi bayroq yaratish haqida qaror qabul qilindi. Bayroq o'zida Afrik milliy kongressi ranglari (sariq, yashil va qora) bilan Yunion Jek gibridini aks ettiradi.

Buyuk Britaniya

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Ittifoq bayrog'i, shuningdek, Yunion Jek deb tanilgan davlat ramzi uchta bayroqni o'zida mujassamlashtirgan — Angliyaning Avliyo Jorj xochi, Shotlandiyaning Avliyo Andrey xochi va Irlandiyaning Avliyo Patrik xochi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031