Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erdo'g'an Turkiyaning Evropa Ittifoqiga kirishi bo'yicha referendum o'tkazish bilan tahdid qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 147           Дата: 23-06-2016, 06:05          
Erdo'g'an Turkiyaning Evropa Ittifoqiga kirishi bo'yicha referendum o'tkazish bilan tahdid qildi

Turkiya mamlakatga Evropa Ittifoqiga kirish bo'yicha muzokaralar jarayonini davom ettirish kerakligini aniqlash bo'yicha referendum o'tkazishi mumkin. Bu haqda 22 iyunda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Istanbuldagi nutqi davomida aytib o'tdi.

"Evropa Ittifoqi bizni tahqirlamoqda. EI bizga 1963 yilda rasman va'da bergan, biroq hali ham bu jarayonni tormozlamoqda. Agar EI terrorchilik mavzusidan (turk aksilterrorchilik qonunchiligini o'zgartirish) og'ishsa, biz xalqqa vaziyatni oson tushuntiramiz. Va millatdan EIga kirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish yoki yo'qligini so'raymiz", deb aytdi Erdo'g'an.

Erdo'g'an "Evropa Turkiyani asosan musulmon davlat bo'lgani uchun qabul qilishni istamayotganiga" va bunda tahqirlash alomati borligiga ishora qildi.

Erdo'g'an, shuningdek, EI rahbariyati "agar Turkiya qochqinlarga chegaralarni ochsa va ular Evropaga qarab ketsa, nima bo'lishini o'ylab ko'rishi kerakligini" eslatib o'tdi. "Biz vizalarning bekor qilinishisiz avvalgidek yashayveramiz. Biroq Evropa davlatlari hayotlari readmissiya haqidagi kelishuvga, u beradigan imkoniyatlarga bog'liq bo'lgan millionlab qochqinlarning umidlari sinishi holatini sovuqqonlik bilan qabul qila olarmikin?", deb aytdi Erdo'g'an.

Readmissiya (davlatning o'z fuqarolarini ortga o'z hududiga qabul qilishga roziligi) haqidagi kelishuv viza tartibini erkinlashtirishning muhim jihati hisoblanadi va Turkiya va EI o'rtasida noqonuniy migratsiya va terrorchilikka qarshi kurash sohasida kelishuvlarning amalga oshirilishiga samaradorlik qo'shishi mumkin. Avvalroq Erdo'g'an vizalarning bekor qilinishi haqidagi muzokaralarning barbod bo'lishi vaziyatida readmissiya haqidagi kelishuv Turkiya parlamentida o'tmasligini aytgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031