Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pokistonda qor qoplonlari soni bir necha barobar kamaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98           Дата: 22-06-2016, 18:12          
Pokistonda qor qoplonlari soni bir necha barobar kamaydi

Pokistonda qor qoplonlarining populyatsiyasi 200tagacha pasaydi. Bu haqida Pokiston atrof-muhit vazirligida xabar berishdi.

Bir necha yillar ilgari mamlakatda 400tadan 600tagacha qor qoplonlari bo'lgan, ular irbislar yoki qor leopardlari nomi bilan ham mashhur. So'nggi hisob-kitoblar populyatsiyaning bir necha marotaba pasayganini ko'rsatdi. Qoplonlar sonini aniqlash uchun mushuklar najaslarining DNK-tahlilidan foydalanilgan.

"Qor qoplonlari tog'ning yuqori qismlarida - 4-6 ming metr balandlikda yashashadi. Ular 12ta mamlakatda qayd qilingan, shu jumladan Pokiston, Afg'oniston, Nepal, Butan, Xitoy va Rossiyada. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, hozirda butun dunyoda 6 ming qor qoploni mavjud", - deydi vazirlikning bosh inspektori Sayyod Mahmud Nosir.

U populyatsiyaning qisqarish sabablariga izoh bermadi, ammo irbislar Pokiston va Afg'oniston o'rtasida harakatlanib, katta masofalarga tez-tez migratsiya qilishini ta'kidladi. Bundan tashqari u qor qoplonlarini ov qilish man etilgan bo'lsa-da, ularning hanuz o'ldirilayotganini ma'lum qildi. Bu irbislarning xo'jalikdagi mollarga hujum qilishi bilan bog'liqdir. Pokiston hukumati fermerlarni mollarning o'lim darajasini kamaytirish uchun kasalliklarga qarshi emlashga chorlamoqda.

Atrof-muhit vazirligi vakilining ma'lumotiga ko'ra, Global ekologiya fondi Pokistonga 4,6 million dollar grant ajratgan, bu pullar qor qoplonlarining yashash sharoitlarini yaxshilashga yo'naltiriladi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн