Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kreml: ShHT sammiti yakunida 10dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 112           Дата: 22-06-2016, 18:12          
Kreml: ShHT sammiti yakunida 10dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda

23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan ShHT sammiti yakunida 10dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov TASS muxbiriga ma'lumot bergan.

"11ta hujjat imzolash uchun taxt qilib qo'yildi", degan Kreml vakili.

Uning so'zlariga ko'ra, sammitda ShHT faoliyatidagi keyingi aniq qadamlar qanday bo'lishi va birlamchi yo'nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etiladi. Birlamchi yo'nalishlar sirasiga xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar masalalari kiradi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari xalqaro maydon va mintaqadagi dolzarb muammolar bo'yicha fikrlar almashishlari ko'zda tutilgan.

Muhokama qilinishi rejalashtirilgan mavzular qatorida savdo-iqtisodiy masalalarda hamkorlik qilish mavzusi ham bor.

Ushakov Toshkentdagi sammit ShHT tashkil topganining 15 yilligiga to'g'ri kelayotganini eslatib o'tgan. O'zbekiston poytaxtiga yig'iladigan davlat rahbarlari 2016-2020 yillarda tashkilotning harakat rejasini muhokama etishadi va Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishadi.

Marosimlar tor doiralarda va kengaytirilgan tarkiblarda o'tkazilib, yakunda O'zbekiston prezidenti Islom Karimov nomidan rasmiy qabul o'tkaziladi.

Ushakov tashkilotning navbatdagi sammiti 2017 yilning yozida Qozog'istonda o'tkazilishini qo'shimcha qilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн