Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Belgiya hukumati vodorod peroksidi savdosini taqiqladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65           Дата: 21-06-2016, 12:04          
Belgiya hukumati vodorod peroksidi savdosini taqiqladi

Belgiya hukumati qirollik hududida xo'jalik kimyo mahsulotlarining 7 turini, xususan vodorod peroksidini sotishni taqiqlashga qaror qildi. Ulardan qo'lbola portlovchi moddalar yasalishi mumkinligi shunday choralar ko'rilishiga asos qilib ko'rsatilmoqda. Bu haqda Belgiya hukumati bosh vaziri o'rinbosari Kris Peters ma'lum qildi.

Mazkur taqiq rasman e'lon qilinganidan 10 kun o'tib kuchga kiradi.

Endilikda Belgiyada vodorod peroksididan tashqari, azot kislotasi, nitrometan va yana 4ta natriy va xlor aralashmalaridan ishlab chiqilgan begona o'tlarga qarshi gerbitsid sotilishi mumkin emas. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan atseton va azotli o'g'itlar xarid qilinishi jiddiy nazorat ostiga olinadi.

Bu mahsulotlar savdosi taqiqlanmagan bo'lsa-da, maxsus xizmatlar do'kon egalarini shubhali xaridlar borasida ma'lum qilishga chaqirmoqda. Masalan, xavfli kimyoviy mahsulot yirik hajmda xarid qilinsa yoki kam-kamdan doimiy ravishda sotib olinsa, do'kon egalari maxsus xizmatlarni bundan xabardor etishlari lozim bo'ladi.

Politsiyaning qayd etishicha, 22 mart kuni Bryussel metrosi va aeroportida amalga oshirilgan portlashlarda aynan atseton va vodorod peroksididan qo'lbola portlovchi moddalar yasalgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн