Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Harbiylar siyosatdan “chetlatilganidan” keyin Turkiya harbiy qudrati o'zgarishi taxmin qilinmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 535           Дата: 20-06-2016, 16:19          
Harbiylar siyosatdan “chetlatilganidan” keyin Turkiya harbiy qudrati o'zgarishi taxmin qilinmoqda

2023 yil 29 oktyabrda Turkiya Jumhuriyati tashkil etilganligining 100 yilligi keng nishonlanadi. Ayni shu munosabat bilan Anqara xukumati o'z oldiga olamshumul vazifalarni qo'ygan. Bu vazifalar qatoriga Milliy Harbiy-sanoat kompleksini tashkil etish loyihasi ham bor. Harbiy-sanoat kompleksini tashkil etilishi bilan keng qamrovli muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Shu tariqa mamlakatning o'zida tank, samolyot, vertolyot, kema va sun'iy yo'ldoshlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda. Mamlakat Mudofaa sanoat boshqarmasi o'z oldiga Oqsaroy va Sinop mintaqalarida raketa sinovlari uchun poligon qurishdek maqsadlarni qo'ygan.

Ma'lumki, Armiya Turkiya Jumhuriyati tashkil etilgan davrdan beri mamlakat siyosiy hayotining tarkibiy qismi bo'lib kelgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Turkiyada armiya hamisha dunyoviy davlat himoyachisi va barqarorlik omili bo'lgan. Ya'ni, 1923 yildan beri Qurolli kuchlar Turkiya xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda tashqi va ichki siyosat yuritishda, davlat boshqaruvida dunyoviy davlat printsiplariga sodiq qolish kafolati sifatida ko'rib kelindi. Adolat va Taraqqiyot partiyasi hokimiyatga kelgunga qadar biror bir islomiy partiya uzoq vaqt hokimiyatda turmadi. Bu partiyalar dunyoviy davlat an'analaridan biroz chetga chiqishi bilanoq harbiylar tomonidan ag'darib tashlangan.

XXI asr boshlarida Turkiya tashqi va ichki siyosatida bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Armiya asta-sekin siyosatdan chetlashtirila boshlandi. Shu bilan go'yoki, armiya o'z mavqeini boy berib borayotgandek bo'ldi. Biroq bunday emas. Generallar siyosatdan uzoqlashtirilgani bilan bir qatorda, xalqaro maydonda Turkiya obro'sini mustahkamlash maqsadida hukumat Armiyani modernizatsiyalashtirib, uning jangavor qobiliyatini yuksaltirish yo'lidan bormoqda. Buning uchun Turkiya nafaqat ichki resurslardan foydalanmoqda, balki ittifoqchilarning yordamiga ham tayanmoqda. Mamlakat hududlariga Amerikaning «Petriot» zenit-raketa majmuasi joylashtirilishi tufayli Turkiyaning Raketaga qarshi mudofaa tizimi mustahkamlanishi bilan uning Yaqin Sharqdagi mavqei mustahkamlandi. Shu munosabat bilan kun tartibiga turk armiyasini rivojlantirish va uning jamiyatdagi rolini oshirish masalasi qo'yildi.

Ayni damda Turkiya harbiylari BMT va NATO bayrog'i ostida tinchlikni saqlovchi amaliyotlarda ishtirok etadi. Ya'ni, o'zining siyosiy ambitsiyalari va jangavor qobiliyatini namoyish qilish niyatida bo'lgan Turkiya BMTning Liberiya, Kot-d’Ivuar, Gaitidagi, NATOning Afg'oniston va Kosovodagi amaliyotlarida ishtirok etib keladi. Bugungi kunda Turkiya tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadlarida o'tkaziladigan amaliyotlarda ishtrok etadigan eng faol 15 ta davlatdan biri hisoblanadi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada “arab bahori” boshlanishi bilan Turkiya mintaqada liderlik maqomini olishga erishdi. Bundan unumli foydalanishga ahd qilgan Anqara harbiy imkoniyatlarini yana bir bor namoyish qilishga intilmoqda. Bu borada Turkiya NATO bilan hamkorlik doirasida o'z manfaatlarini hayotga tatbiq etishga urinmoqda. 2012 yilgi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya Qurolli kuchlari saflarida 700 ming atrofida harbiy bor. Bu harbiylar soni bo'yicha jahonda oltinchi o'rinda, NATOda esa AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turganini anglatadi.

Turkiya armiyasi oldida turgan muammolardan biri modernizatsiyalangan qurollarning etishmasligidir. Turkiya qurol-aslaha, harbiy texnikalarni xorijdan, asosan, AQSh, Isroildan sotib oladi. Biroq xukumat o'z armiyasini modernizatsiyalashda va qayta qurollantirishda faqat import bilan cheklanib qolishni istamayapti. Buning uchun o'zining Harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishni ko'zlamoqda. Harbiy sanoat kompleksi deganda turli kompaniya va korxonalarning harbiy texnika va qurol-aslaha ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi tushiniladi. 2012 yilda Mudofaa vazirligi qoshidagi Mudofaa sanoati departamenti Harbiy sanoat kompleksini rivojlantirish rejasini taqdim qildi. Unga ko'ra, 2016 yilda Turkiya milliy mudofaa sanoati rivojlangan o'nta davlat safidan o'rin olishi belgilangan. Rejada Turkiyada «ANKA» uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish belgilangan. So'nggi vaqtlarda turk mutaxassislari harbiy sanoat sohasida, jumladan, kemasozlik, radioelektronika, zirhli tanklar yaratish borasida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. 2012 yil dekabrida Xitoy yordamida Turkiyaning «Gyoktyurk-2» suniy yo'ldoshi fazoga uchirildi. O'sha yilning oktyabrida esa Vashingtonda bo'lib o'tgan qurol-yarog' ko'rgazmasida Turkiya o'zining «Jirit» raketasini namoyish qildi. 2012 yilning 15 noyabrida “Koch” xoldingi tarkibida bo'lgan «Otokar» kompaniyasi mamlakatning o'zida ishlab chiqarilgan jangovar tankni taqdim qildi. Qurolli kuchlarni modernizatsiyalash dasturi doirasida «Mexmetchik-2» miltig'i ishlab chiqarildi. 2012 yilda Turkiya 2 yarim ming kilometrdagi nishonni mo'ljalga olishga qodir ballistik raketa yaratish ustida ish olib borayotgani ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, harbiy kemalar, suv osti kemalari, avianosets va qiruvchi samolyotlar yaratish ustida ham ish olib borilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, Turkiya milliy Harbiy sanoat kompleksini rivojlantira borib, o'n yillardan keyin bir qator qurol-yarog', harbiy texnikalar bo'yicha G'arb bilan raqobatlasha oladi.

Turkiya NATO standartlariga mos ravishda o'zining zamonaviy Harbiy sanoat kompleksini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Ayni damda mamlakatda bir qator tuzilmalar tuzildi:

1. Oliy Muvaffiqlashtiruvchi Sanoat Kengashi. Uning tarkibiga Jumhuriyatning Harbiy-siyosiy rahbariyatining 13 nafar a'zosi kirgan. Kengash yig'ilishlari bosh vazir rahbarligida bir yilda kamida ikki marta o'tkaziladi. Yig'ilishda strategik rejaga ko'ra Harbiy sanoat kompleksini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari muhokama qilinadi.

2. Oliy Sanoat Ijroiya qo'mitasi. Uning tarkibiga bosh vazir, Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig'i, mudofaa vaziri a'zo bo'lib kirgan. Bu organ harbiy sanoatni rivojlantirish bo'yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqadi.

3. Sanoatni rivojlantirish Fondi. Bu fond Harbiy sanoat kompleksini zarur mablag'lar bilan ta'minlaydi.

4. Sanoat Kotibiyati. Bu idora Oliy Sanoat Ijroiya qo'mitasi qabul qilgan vazifalarni bajarish bilan shug'ullanadi.

Harbiy sanoat kompleksini rivojlantirish strategiyasiga ko'ra, mamlakatda ishlab chiqariladigan harbiy texnika va qurollar eksporotini bir yilda 1,8 milliard dollarga etkazish belgilangan. Qo'yilgan vazifalarni bajarish yo'lida xorijlik ittifoqchilar, jumladan, AQSh, Isroil va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik qilish ko'zda tutilgan. Ayni damda mamlakatda 230 dan ortiq harbiy mahsulot ishlab chiqaradigan xususiy, qo'shma va davlatga tegishli korxonalar mavjud. Bu korxonalarda 80 mingga yaqin kishi mehnat qiladi.

Hukumat aviatsiya sanoati rivojiga alohida e'tibor qaratmoqda. F-16 samolyotlarini ishlab chiqarish va shu turdagi samolyotlarni modernizatsiyalash, C-130J harbiy yuk samolyotlarini, CN-235 ("Meltem-2") va ATR 72-600TMRA ("Meltem-3") patrul samolyotlarini, T-38 "Talon" o'quv mashq samolyotlarini va S-70 "Blek Xok" vertolyotlarini takomillashtirish imkoniyatlari paydo bo'ldi., "Kale" kompaniyasi Amerikaning "Boing" korporatsiyasi bilan hamkorlikda aviatsiya texnikalari uchun detall va butlovchi qismlar ishlab chiqarmoqda. Artilleriya-o'qchi va qurol-yarog' sanoati milliy qurolli kuchlar talablarini to'laligicha qondirmoqda. Raketa sanoati esa zamonaviy texnologiyalar asosida raketa dvigatellarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Radioelektron sanoati yuqori texnologiyali telekommunikatsiya mahsulotlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

2023 yilga borib Turkiya harbiy mahsulotlar sotish borasida oltita davlatdan biri bo'lishni niyat qilgan. O'sha davrga borib Turkiya harbiy sanoat kompleksining eksporti 25 milliard dollarga etishi kutilmoqda. Ayni damda Turkiya eksportining uchdan bir qismini qurol-yarog' va harbiy texnika tashkil qiladi. Turkiya mahsulotlarini, asosan, AQSh xarid qiladi. Ikkinchi o'rinda Birlashgan Arab amirliklari, uchinchi o'rinda Italiya, to'rtinchi o'rinda esa Ispaniya, beshinchi o'rinda Saudiya Arabistoni turadi. Umumiy hisobda Turkiya 130ta mamlakatga harbiy mahsulotlarini sotadi.

Tahlilchilarning fikricha, so'nggi yillarda Turkiya Harbiy sanoat kompleksi rivojlanib borayotganini yaqqol namoyish etmoqda.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031