Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bahraynda taniqli shialar rahnamosi fuqarolikdan mahrum etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 20-06-2016, 16:19          
Bahraynda taniqli shialar rahnamosi fuqarolikdan mahrum etildi

Bahrayn hukumati Ichki ishlar vazirligiga shialarning taniqli diniy rahnamosi shayx Iso Ahmad Qasamni fuqarolikdan mahrum etish bo'yicha ko'rsatma bergan. Bu haqda RIA Novosti Bahrayn IIVga asoslanib, xabar tarqatgan.

Bahrayn hukumati o'z qarorini bu rahnamo "Bahrayn fuqaroligidan foydalangan holda tashkilot tuzib, xorijdagi diniy-siyosiy tashkilotlarning topshiriqlarini bajarayotgani" bilan izohlagan.

Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, ushbu shayx qonunning 10ta moddasi asosida fuqarolikdan mahrum etilgan.

"Huquq tartibot organlari aniqlashicha, shialar etakchisi Bahraynda ekstremistik konfessiyalar tuzilishida asosiy rolni o'ynagan va jamiyatning bo'linishiga xizmat qilgan. Uning omma oldida qilgan chiqishlarida xorijiylarning manfaatlari ifodalangan", deyilgan xabarda.

IIV bayonotiga ko'ra, shayx Qasam doimiy ravishda Bahraynga dushmanona kayfiyatdagi xorijiy tashkilotlarni qo'llab-quvvatlab kelgan. Bundan tashqari, uning hisob raqamlarida manbasi noma'lum bo'lgan o'n million dollar mavjudligi aniqlangan.

O'tgan haftada Bahrayn politsiyasi shialarning bir qator tashkilotlarida reydlar o'tkazgan, tashkilotlarning rahnamolarini qo'lga olgan va noqonuniy mablag'larni musodara qilgandi.

Bu tashkilotlarning banklardagi hisoblari muzlatib qo'yilgan.

Bu tekshirishlar Bahrayn hukumati tomonidan Forz ko'rfazidagi eng yirik diniy partiya bo'lgan "Al-Vifoq"ning yopilishi ortidan boshlandi.

Bahrayn hukumati tomonidan bildirilishicha, bu tashkilotlarning barchasi Eron tomonidan moliyalashtiriladi va mamlakat hududida sunniylar hamda shialar o'rtasida nizolar keltirib chiqarish bilan shug'ullanadi.

Ma'lumot uchun, Bahrayn qirolligi oilasi sunniy mazhabida.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн