Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Singapurda denge bezgagiga qarshi yapon vaktsinasi klinik sinovlardan o'tkazilishi boshlanmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 119           Дата: 20-06-2016, 10:53          
Singapurda denge bezgagiga qarshi yapon vaktsinasi klinik sinovlardan o'tkazilishi boshlanmoqda

Yaponiyaning Takeda farmatsevtik korporatsiyasi Singapurda denge bezgagiga qarshi yangi vaktsinani klinik sinovdan o'tkazishni boshlamoqda. The Straits Times nashrining yozishicha, tadqiqotda 21 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 400 nafar mahalliy fuqaro qatnashadi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, sinovlarda bu xavfli kasallikni boshidan kechirganlar va bu kasallikka duch kelmaganlar ishtirok etadi. Ishtirokchilar ularga vaktsina kiritilgandan keyin paydo bo'ladigan alomatlarni qayd qilib boruvchi mutaxassislar kuzatuvida bo'ladilar. Korporatsiyada aytilishicha, "inson tomonidan mustaqil ishlab chiqariladigan antitanalar miqdori dorilar yordamida olinadigan antitanalar miqdoridan qanchalik farq qilishini o'rganish lozim".

Hozirda denge bezgagiga qarshi yagona vaktsina mavjud bo'lib, uni frantsiyalik olimlar yaratishgan. Osiyo davlatlaridan faqatgina Filippinda bu dori vositasining qo'llanishiga ruxsat berilgan. Misol uchun, Malayziya va Singapur hukumatlari bu vositaga ruxsat berishmayapti, chunki mahalliy mutaxassislarning baholashicha, uning samaradorligi 50 foizdan oshmaydi.

Bu orada, oxirgi vaqtlarda singapurlik olimlar hukumatni bu vaktsinaga munosabatini o'zgartirishga chaqirishmoqda. Bu joriy yilda dengedan kasallanadiganlar bo'yicha prognozlarning yomonligi bilan bog'langan. Singapur Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich 30 mingdan oshishi mumkin va Singapur tarixida eng katta miqyosda avj olgan denge epidemiyasi bo'ladi.

Denge bezgagi virusli infektsiya bo'lib, ko'proq tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi. Uning alomatlari yuqori harorat, ko'ngil aynash, toshma, bosh va bel og'riqlari hisoblanadi. Bezgakning gemorragik varianti qon tomirlarining kollapsi bilan chaqirilgan kuchli ichki qon ketishlar bilan kechadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн